Legionerlarimiz. Şomurodov goli «Başakşehir»ning kambekini boşlab berdi
Keça 4 nafar legionerimiz maydonga tuşdi.
23-noyabr kungi bahslarda Eldor Şomurodov Turkiya Superligasidagi to‘qqizinçi golini urdi. Elit Osiyo çempionlar ligasida Rustam Aşurmatov va Jaloliddin Maşaripovning «Istiqlol» klubi peshqadamdan oçko oldi. Odiljon Hamrobekovning «Traktor» jamoasi esa yirik hisobda mağlub böldi.
«Başakşehir» – «Çorum» 4:2
Turkiya Superligasining 12-turida «Başakşehir» 68-daqiqaga kelib 0:2 hisobida ortda qolayotgandi. 78-daqiqada Eldor Şomurodov uzoq masofadan yöllagan zarbasi bilan hisobdagi farqni qisqartirdi. Oradan tört daqiqa ötib, zaxiradan tuşgan Bertuğ Yildirim hisobni tenglaştirdi. U 86 va 90+1-daqiqalarda yana gol urib, het-trik qayd etdi. Şomurodov bahsni töliq ötkazdi, Abbosbek Fayzullayev esa jarohati sabab maydonga tuşmadi. Ğalabadan söng Istanbul klubi 20 oçko bilan 7-öringa kötarildi.
«Al-Ayn» – «Istiqlol» 1:1
«Istiqlol» Elit OÇLning dastlabki tört bahsida ham ğalaba qozongan «Al-Ayn»ning seriyasiga chek qöydi. Saman Falloh 51-daqiqada tehronliklarni oldinga olib çiqdi, Matias Palasios esa yetti daqiqadan söng javob golini urdi. Rustam Aşurmatov töliq öynadi, Jaloliddin Maşaripov 62-daqiqada zaxiradan maydonga tuşdi. Safardagi durangdan keyin «Istiqlol»ning oçkolari 10 taga yetdi.
«Traktor» – «Al-Vasl» 1:5
Maskatda keçgan bahsda «Al-Vasl» 61-daqiqagacha uçta gol urdi. «Traktor» safida Amirhusayn Husaynzoda 72-daqiqada farqni qisqartirdi, biroq bir daqiqa ötib Mehdi Torimiy özining ikkinçi golini urdi. «Al-Vasl» qöşimça vaqtda beşinçi golni ham kiritdi. Odiljon Hamrobekov 90 daqiqa maydonda harakat qildi. «Traktor» beş turdan keyin 2 oçko bilan qoldi.