Orolning qurigan hududlarini tiklaşda xalqaro hamkorlik
Xorazm Maʼmun akademiyasida Xitoy Fanlar akademiyasi Şinjon ekologiya va geografiya instituti, Ninsya çöllanişga qarşi kuraş böyiça xalqaro hamkorlik markazlari bilan ilmiy-amaliy seminar ötkazildi.
Anjumanda “Xitoy – Markaziy Osiyo: Çöllanişga qarşi kuraşiş, kserofit va galofit ösimliklar asosida ekologik tiklaş hamda tabiiy resurslardan samarali foydalaniş texnologiyalari böyiça tajriba almaşiş” mavzusi muhokama qilindi.
Tadbirda Xitoy hamda turkiyalik olim va mutaxassislar, ÖzRFA Qoraqalpoğiston bölimi Tabiiy fanlar instituti olimlari, Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy xodimlari, örmonçilik va ekologiya sohasi mutasaddilari iştirok etdi.

Şuningdek, anjuman doirasida Xorazm Maʼmun akademiyasi dala tajriba uçastkasida amaliy seminar-trening ham ötkazildi. Anjuman iştirokçilari Özbekiston şaroitida ilk marotaba Şumgiyoh ösimligini östiriş böyiça qölga kiritilgan yutuqlar bilan tanişdi.

Uşbu tajriba Xitoy Fanlar akademiyasi Şinjon ekologiya va geografiya instituti bilan hamkorlikda amalga oşirilgan “Orol dengizi degradatsiyaga uçragan zonada Cistançe spp.ni muhofaza qiliş va uni yetiştiriş texnologiyasini tatbiq qiliş” xalqaro loyihasi doirasida amalga oşirilgan.
Albatta, har qanday yangilik ortida olimlarning katta mehnati, ilmiy izlanişlari, maşaqqatlari yotadi. Ilmiy yondaşuvlarga asoslangan tadqiqotlar hayotga tatbiq etilsa, natijasi ham şunça samarali böladi.
N.Rahmonova,
ÖzA