Özbekiston va Iordaniya: siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda hududlararo hamkorlik rivojlantiriladi
Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Aʼzamxöjayev “Iordaniya – Özbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Hayel Ubaydat boşçiligidagi delegatsiya bilan muloqot qildi.
Onlayn şaklda ötgan uçraşuvda Özbekiston va Iordaniya örtasidagi parlamentlararo aloqalarni yanada kengaytiriş, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat rahbarlari örtasida şakllangan özaro işonç, muntazam muloqot va döstona munosabatlar köp qirrali hamkorlikni izçil rivojlantirişda muhim asos bölib xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.
Muloqot davomida parlamentlararo aloqalarni faollaştiriş, şuningdek, oliy va yuqori darajada erişilgan kelişuvlarning amaliy ijrosini taʼminlaşda hamkorlikni kuçaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, sanoat, farmatsevtika, qişloq xöjaligi va turizm sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, hududlar hamda işbilarmon doiralar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Xususan, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, akademik almaşinuvlarni yölga qöyiş, şuningdek, ikki mamlakat xalqlarining boy tarixiy va madaniy merosidan kelib çiqib, turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan takliflar bildirildi.
N.Abduraimova,
ÖzA