Özbekiston şaxmat federatsiyasi vakillari FIDEning kengaytirilgan yiğilişida qatnaşdi
Jenevada 2026-yilgi şaxmat toji va unvoni uçun hamyurtimiz Javohir Sindorov hamda amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasida ötayotgan musobaqa doirasida FIDE Kengaşining ilk yiğilişi ötkazildi.
Samarqanddagi saylovlardan keyingi FIDE Kengaşining mazkur yiğilişida Özbekiston şaxmat federatsiyasi raisi örinbosari Komil Sindorov boşçiligidagi delegatsiya aʼzolari, şuningdek, şaxmat böyiça Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Rustam Qosimjonov Xalqaro şaxmat federatsiyasining faxriy prezidenti sifatida iştirok etdi.
FIDEning kelgusi yillardagi moliyaviy strategiyasi va yettita asosiy yönalişi muhokama qilingan yiğilişda FIDEning joriy yilgi va kelgusi ikki yillik byudjeti, taşkilotning rivojlantiriş jamğarmasining yillik mablağlari masalalari körib çiqildi.
Muhokamalar jarayonida yangi media jamğarma va ijtimoiy jamğarmalarni rivojlantiriş taşabbuslari ilgari surildi. Butun dunyo böylab şaxmatçilar va şaxmat hamjamiyatlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida yangi jamğarma işga tuşirilişi aytib ötildi.
Umuman olganda, rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş dasturlarini moliyalaştiriş hajmi kelgusi yilda deyarli olti barobarga ösişi kutilayotganligi taʼkidlandi.
FIDE rahbariyati saylovoldi kampaniyasida berilgan moliyaviy majburiyatlarni töliq bajarişi hamda kengaş aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinişi lozimligi qayd etildi.
T. Röziyev, ÖzA