Futzal: 4-turda 400-golga guvoh bölamizmi?
Joriy yilning 26–29-noyabr kunlari Toşkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida futzal böyiça XXX milliy çempionatning birinçi davrasiga yakun yasaydigan 4-tur uçraşuvlari bölib ötadi.
Tört kun davomidagi öyinlarda jami 12 ta uçraşuv ötkazilişini nazarda tutsak, Oliy liga jamoalari sönggi uç tur davomida bosib ötgan yöliga nazar taşlaş, xulosalar çiqariş va keyingi rejalarni belgilab oliş imkoniyatiga ega bölmoqda.

Aytiş lozimki, dastlabki uç tur davomida jamoalar raqiblar darvozasiga 339 ta gol kiritgan bölsa, 1-turda 114 ta, 2-turda 115 ta, 3-turda esa 110 ta gol qayd etildi. Bu, har bir turda navbatdagi yuzlik marrani zabt etgan yubiley gollarga guvoh böliş imkonini taqdim etdi.
Birinçi yuzlik marrasi 1-turdagi “Samarqand” — “Sayxun” uçraşuvining 39-daqiqasida samarqandliklar sardori Mehroj Xudoyberdiyevning yubiley goli orqali zabt etildi.
Ikkinçi yuzlik marrasi 2-turda “Olmaliq” va “Nurafşon” (6:2) bahsining 36-daqiqasida buxoroliklar vakili Amirbek Nasriddinov tomonidan qayd qilindi.
Navbatdagi yubiley gol 3-turning BMB PFC (Jizzax) va “Xorazm” jamoalari örtasidagi bahsida kiritildi. Avvalgi ikkita turdagi holatdan farqli ravişda, uşbu uç yuzlik yubiley gol BMB PFCning ğalabasini mustahkamladi. 40-daqiqada Jean Aldemiro tomonidan kiritilgan gol jizzaxlik muxlislarga quvonç ulaşdi.

Anʼanaga muvofiq, 4-turda ham navbatdagi yuzlik marraga guvoh bölamizmi? Hozirça bu savolga aniq javob beriş qiyin. Ammo, ortda qolgan uçta turning har birida örtaça 6,28 tadan gol kiritilganini eʼtiborga olsak, 400-gol aynan “Yunusobod”da keçadigan futzal bahsida qayd etilişiga umid uyğotmoqda.

Futzal böyiça mamlakat çempionati — Oliy ligasining 3-turidan söng töpurarlar poygasida “Maksam-Chirchiq” hujumçisi Tohirbek Abdukarimov peşqadamlik qilmoqda. Toşkent viloyati vakili çempionatning 9 ta uçraşuvida raqiblar darvozasiga 11 ta gol urişga muvaffaq bölgan.
Eslatib ötamiz, 4-tur doirasida 26-noyabr kuni “Samarqand” - “Nasaf”, “Maksam-Chirchiq” - SQB, “Zarafşon” - “Xorazm” jamoalari kuç sinaşadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA