Gandbol markazi Gulistonda barpo etiladi
Sirdaryo viloyatida sport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy sport inşootlarini barpo etiş, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, yangi çempionlar avlodini tarbiyalaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, Guliston şahrida Özbekistondagi yagona ixtisoslaşgan Gandbol markazi barpo etilayotgan bölsa, Markaziy stadion tubdan rekonstruksiya qilinmoqda. Umumiy qiymati qariyb 90 milliard söm bölgan uşbu ikki yirik loyiha viloyatda sport infratuzilmasini rivojlantiriş, zamonaviy musobaqa va maşğulot maydonlarini yaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sport vaziri örinbosari Şahrullo Mahmudov viloyatga işçi taşrifi davomida mazkur obʼektlarda olib borilayotgan quriliş işlari bilan tanişdi. Masʼullar tomonidan loyihalarning amalga oşirilişi, quriliş surʼatlari va belgilangan rejalar haqida maʼlumot berildi.
Loyiha qiymati 39 milliard söm bölgan, 16 ming tomoşabinga möljallangan Guliston şahridagi Markaziy stadion Davlat rahbarining 2025-yil 6-martdagi «Sirdaryo viloyatida işbilarmonlik muhiti va infratuzilmani yaxşilaşga oid çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Quriliş işlari «Aziza Credo Max» MÇJ tomonidan olib borilmoqda.
Rekonstruksiya doirasida stadionning moddiy-texnik bazasini zamon talablari asosida yangilaş, tomoşabinlar va sportçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş közda tutilgan. Jumladan, zamonaviy tribunalar, soyali joylar, sanitariya uzellari, ovqatlaniş şoxobçalari va bolalar maydonçalari barpo etiladi. Şuningdek, hakamlar, sportçilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uçun alohida xonalar, tibbiy punktlar taşkil etiladi. Elektr taʼminoti, suv, kanalizatsiya va internet kabi muhandislik kommunikatsiyalari ham töliq yangilanadi.
[gallery-32708]
Avvalgi stadionning ança eskirgani va bugungi kun talablariga javob bermay qolganini inobatga olsak, rekonstruksiya nafaqat inşootning taşqi qiyofasini yangilaş, balki uning funksional imkoniyatlarini ham kengaytirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Taşrif davomida «Yangi Özbekiston boği» hududida barpo etilayotgan Gandbol markazidagi quriliş jarayonlari ham közdan keçirildi. Qiymati 49 milliard söm bölgan mazkur loyiha «Abdumalik Fayz Qurilish» MÇJ tomonidan amalga oşirilmoqda.
Eʼtiborlisi, uşbu majmua respublikadagi yagona ixtisoslaşgan Gandbol markazi böladi. Qariyb ming nafar sportçi va muxlisni qamrab oliş imkoniyatiga ega bölgan inşootda ayni paytda sport zali tribunalarini yakunlaş, xonalarni pardozlaş, elektr montaj işlari hamda taşqi hududni obodonlaştiriş işlari davom etmoqda.
Vazir örinbosari quruvçilar va murabbiylar bilan suhbatlaşib, quriliş jarayoni, bajarilayotgan işlar sifati, mavjud masalalar va takliflar yuzasidan fikr almaşdi. Loyihalarni belgilangan muddatlarda, quriliş meʼyorlari va sifat talablariga muvofiq yakunlaş muhimligini qayd etdi.
Mazkur inşootlarning foydalanişga topşirilişi Sirdaryo viloyatining sport salohiyatini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi. Jumladan, Markaziy stadion respublika va xalqaro miqyosdagi futbol musobaqalarini yuqori saviyada ötkaziş imkoniyatlarini kengaytirsa, Gandbol markazi iqtidorli yoşlarni saralaş, tayyorlaş va ularning sport mahoratini oşiriş uçun zamonaviy ixtisoslaşgan baza vazifasini ötaydi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat), ÖzA