Stol tennisi va çim ustida xokkey musobaqasida Toşkent hamda Samarqand viloyati jamoalari yetakçi
Poytaxtimizdagi Özbekiston stol tennisi federatsiyasi majmuasida U-19 yoşdagi öğil va qiz bolalar örtasida ötkazilayotgan mamlakat kubogi musobaqasining yakkalik yönalişidagi bahslarda ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
Mamlakatimizning barça hududlarida ötkazilgan saralaş musobaqalarida mamlakat kubogi bahslarida qatnaşiş huquqini qölga kiritgan 196 nafar mahoratli kiçik raketka ustalari iştirokidagi yakkalik musobaqalar yakuniga köra, qizlar örtasida Adelina Hasanova ğoliblikka erişgan bölsa, Dilnavoz Amanova, Şoira Qodirova va Tötiyo Ozodjonova sovrindorlikka erişdi.

Özbekiston kubogining öğil bolalar musobaqasida Xurşid Ahmedov 1-örinni, Şahboz Ğulomiddinov 2-örinni band etgan vaziyatda Ozod Qahhorov va Timur Nurmonov 3-öringa ega çiqdi.
Bugun, 25-noyabr kuni öğil va qiz bolalar örtasidagi juftlik bahslari boşlanadi.
Musobaqalar 28-noyabrga qadar davom etadi.
Çim ustida xokkey: Kubok Toşkent va Samarqand viloyati jamoalariga nasib etdi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi”da erkaklar va ayollar jamoalari örtasida çim ustidagi xokkey böyiça ötkazilgan Özbekiston kubogi musobaqalari kuçli jamoalarni aniqlaş bilan bir qatorda isteʼdodli sportçilarni saralaş imkonini berdi.

Şiddatli keçgan öyinlar natijasida Toşkent viloyati jamoasi qizlar örtasida, Samarqand viloyati vakillari yigitlar musobaqasida mamlakat kubogini qölga kiritdi.
Qizlar jamoalari orasida Buxoro va Samarqand viloyati vakillari kumuş va bronza medallariga sazovor bölgan bölsa, öğil bolalar jamoalari orasida sovrinli örinlar Andijon-1 va Andijon-2 jamoalariga nasib etdi.
T. Röziyev, ÖzA