Katta sinovlar kuni: Sindarovning ikkinçi partiyasi, «Nasaf» bellaşuvi va poytaxtdagi boks bayrami
Özbekiston sportidagi sönggi yangiliklar — taekvondo, tennis, şaxmat, futbol va xalqaro musobaqalardan xabarlar.
Taekvondo WT: 28–29-noyabr kunlari Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida taekvondo WT böyiça «World Taekwondo Grand Prix Final» musobaqasi ötkaziladi. Los-Anjeles-2028 Olimpiya öyinlari uçun muhim reyting oçkolari taqdim etadigan turnirda Özbekiston terma jamoasi safidan Najmiddin Qosimxöjayev (-68 kg), Jasurbek Jaysunov (-80 kg), Marat Mavlonov (+80 kg), Madina Mirabzalova (-57 kg), Ozoda Sobirjonova (-67 kg) va Svetlana Saidova (+67 kg) joy oldi
***
Tennis: Turkiyaning Anqara şahrida tennis böyiça “ATP Challenger” turnirida hamyurtimiz Nikita Belozersev asosiy törning ilk bosqiçida britaniyalik Oliver Okonkvoni 4:6, 7:6, 6:4 hisobida mağlub etdi. Endi17 yoşli tennisçimiz nimçorak finalda fransiyalik Tomas Faurel bilan raqobatlaşadi.
***
Şaxmat: Şaxmat böyiça amaldagi jahon çempioni hindistonlik Gukeş Dommaraju özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov bilan jahon çempionligi uçun keça ötkazilgan birinçi partiya haqida fikr bildirdi. «Partiya haqiqatan ham yuqori saviyada böldi. Vaziyat muntazam ravişda teng körindi. Ikkimiz ham ajoyib partiya ötkazdik», — dedi Gukeş. Dastlabki bahs durang bilan yakunlangan va umumiy hisob 0,5:0,5 körinişini olgan.
Maʼlmuot uçun, bugun, 25-noyabr kuni Şveysariyaning Jeneva şahrida jahon çempionligi uçun uçraşuvning ikkinçi partiyasi ötkaziladi. Unda Javohir Sindarov qora donalarda, Gukeş Dommaraju esa oq donalarda öynaydi. Partiya Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.
***
Futbol: Qarşining «Nasaf» jamoasi Osiyo çempionlar ligasi 2 musobaqasi guruh bosqiçining beşinçi turida Bahraynning «Al-Xolidiya» klubiga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv Qarşidagi «Markaziy» stadionida soat 18:45 da boşlanadi.
***
Ommaviy sport: Toşkentda «Maktab ligasi»ning şahar bosqiçi yakunlandi. «Beş taşabbus olimpiadasi» doirasida stol tennisi böyiça ötkazilgan musobaqaning qizlar bahsida Mirobod tumani birinçi, Sergeli ikkinçi, Yaşnobod uçinçi örinni egalladi. Öğil bolalar örtasida esa Mirzo Uluğbek tumani ğolib böldi. Yaşnobod va Uçtepa tumanlari jamoalari keyingi örinlarni band etdi.
***
Futbol: ayollar futboli böyiça terma jamoamiz boş murabbiyi Kotrina Kulbite FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida jahon çempionati saralaş bosqiçidagi maqsadlar, futbolçilarning ruhiy tayyorgarligi va Braziliya bilan boğliq xotiralari haqida sözladi. Şuningdek, mutaxassis Özbekistonda ayollar futbolini rivojlantiriş istiqbollariga töxtaldi.
***
«Beş taşabbus olimpiadasi»: 25–29-noyabr kunlari Urganç davlat universitetida ötkaziladigan respublika bosqiçi iştirokçilarini kutib oliş işlari davom etmoqda. Urganç temir yöl vokzalida Sirdaryo, Samarqand, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahri jamoalari tantanali kutib olindi. Yoş sportçilar universitet talabalar turar joylariga joylaştirilib, ular uçun zarur şaroitlar yaratilmoqda.
***
Boks: 26-noyabr — 4-dekabr kunlari poytaxtimizda ötkaziladigan “World Boxing” Jahon kubogining final bosqiçida Rossiya terma jamoasi erkaklar va ayollar örtasidagi bahslarda qatnaşadi. Tarkibdan Sergey Sergeyev, Volodya Mnatsakanyan, Yuliya Çumgalakova va Saltanat Medenova kabi tajribali boksçilar örin olgan. Musobaqada Qozoğiston terma jamoasi 11 nafar sportçi bilan iştirok etadi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA