Özbekiston–Qozoğiston çegarasi orqali xalqaro yuk taşiş jarayonlari takomillaştiriladi
Transport vazirligi xalqaro yuk taşuvçilar bilan çegaradan ötişdagi muammolarni muhokama qildi. Videokonferensiyada Özbekiston-Qozoğiston çegarasidagi samaradorlikni oşiriş çoralari körib çiqildi.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir soha va undagi tizim şaffof bölişi yölida muhim qadamlar taşlanmoqda. Xususan, boşqaruvning har bir böğinida mustaqil, tösiqsiz xalqaro hamkorliklarni yölga qöya oliş imkoniyati fikrimizning yorqin ifodasidir.
Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi taşabbusi bilan tegişli vazirlik va idoralar, Özbekiston xalqaro avtomobil taşuvçilari uyuşmasi, milliy taşuvçilar hamda tadbirkorlik subʼektlari vakillari iştirokida uçraşuv taşkil etildi.
Videokonferensaloqa şaklida ötkazilgan uçraşuv davomida Özbekiston–Qozoğiston davlat çegarasi orqali xalqaro avtomobil transportida yuk taşiş jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar, çegara ötkaziş punktlari faoliyati samaradorligini oşiriş hamda milliy taşuvçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, yuk avtotransport vositalarining çegaradan ötiş jarayonlarini soddalaştiriş, kutiş vaqtlarini qisqartiriş, taşuvlar uzluksizligini taʼminlaş hamda mavjud muammolarni tezkor hal etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, muloqot mobaynida milliy taşuvçilar va tadbirkorlik subʼektlari vakillarining taklif hamda murojaatlari tinglanib, ular tomonidan kötarilgan masalalar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar iştirokida muhokamalar ötkazildi.
Muzokaralar davomida çegara ötkaziş punktlaridagi jarayonlarni yanada takomillaştiriş, taşuvçilar faoliyatida yuzaga kelayotgan tösiqlarni bartaraf etiş hamda masʼul taşkilotlar örtasidagi idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş böyiça takliflar körib çiqildi.
Yakunda Transport vazirligi tomonidan xalqaro avtomobil taşuvlari uçun qulay şaroitlar yaratiş, milliy taşuvçilar manfaatlarini qöllab-quvvatlaş hamda çegara orqali yuk taşiş jarayonlarining samaradorligini oşirişga qaratilgan işlar izçil davom ettirilişi lozim ekani alohida qayd etildi.
Şerbek Islomov,
ÖzA