“World Savings Day – 2026”: Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti talabalari bilan oçiq muloqot!
Moliyaviy savodxonlik, bank sohasidagi imkoniyatlar va kelajak kasbi — bu safar Singapur instituti talabalari bilan bir davrada!
“World Savings Day – 2026” (Butunjahon jamğariş kuni) loyihasi doirasida “Özmilliybank” AJ tomonidan Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti (MDIS) talabalari uçun oçiq seminar taşkil etildi.
Moliyaviy bilimlar — kelajak imkoniyatlarining kaliti
Uçraşuv davomida moliyaviy savodxonlikning kundalik hayotdagi ahamiyati, şaxsiy mablağlarni oqilona boşqariş, jamğariş madaniyati va töğri moliyaviy qarorlar qabul qiliş kabi muhim mavzularga eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, bank-moliya sohasidagi zamonaviy yönalişlar, yoşlar uçun kasbiy rivojlaniş imkoniyatlari hamda nazariy bilimlarni amaliyotda qöllaşning ahamiyati haqida fikr almaşildi.

Savollar, fikrlar va oçiq muloqot
Seminarning eng muhim jihati — talabalar bilan erkin muloqot böldi. Bunday uçraşuvlar yoşlarga özlarini qiziqtirgan savollarga javob topiş, bank sohasini yaqindan anglaş va kelajakdagi kasbiy yönalişlari haqida kengroq tasavvur hosil qiliş imkonini beradi.

Bilimdan — yangi imkoniyatlar sari!
“Özmilliybank” AJ uçun moliyaviy savodxonlikni oşiriş faqat bilim ulaşiş emas, balki yoşlarni mustaqil fikrlaşga, moliyaviy masʼuliyatni his etişga va kelajakdagi maqsadlari sari işonç bilan harakat qilişga rağbatlantiriş hamdir.
Yoşlar bilan bunday uçraşuvlar davom etadi!