Zamonaviy raqamli soğliqni saqlaş markazi iş boşladi
Sirdaryo viloyatida soğliqni saqlaş tizimini raqamli boşqariş, tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qiliş va mavjud muammolarni tezkor aniqlaş imkonini beruvçi zamonaviy raqamli soğliqni saqlaş markazi iş boşladi.Loyiha doirasida viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi binosi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy texnika va jihozlar bilan taʼminlandi. Buning uçun jami 7,2 milliard söm mablağ yönaltirildi.
Markazning oçiliş marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov, faxriy tibbiyot xodimlari, soha vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.
Tadbir davomida markazning texnik imkoniyatlari, asosiy faoliyat yönalişlari va soğliqni saqlaş tizimida raqamli boşqaruvni yölga qöyişdagi ahamiyati haqida maʼlumot berildi.
Qayd etilganidek, mazkur markaz davlatimiz rahbarining tibbiyot tizimini raqamlaştiriş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş va soha boşqaruvini takomillaştirişga qaratilgan islohotlari doirasida taşkil etildi. Uning faoliyati DMED yagona elektron axborot tizimiga asoslangan. Uşbu platforma orqali viloyatdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini tahlil qiliş, tibbiy xizmatlar körsatilişi va bemorlar harakatini kuzatiş, mavjud muammolarni tezkor aniqlaş imkoniyati yaratilgan.
Taqdimotda keltirilgan maʼlumotlarga köra, bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 946 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ularning 881 ming nafari DMED axborot tizimida röyxatga olingan va elektron tibbiy kartalari şakllantirilgan. Tizimda davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, ularda faoliyat yuritayotgan xodimlar, aholining murojaat va qatnovlari, dorixonalar, bemorlarning salomatlik holati hamda nogironlik guruhlari töğrisidagi maʼlumotlar jamlangan.
Şuningdek, aholi salomatlik guruhlari böyiça tasniflanib, soğlom fuqarolar va turli xavf guruhlariga kiruvçi şaxslar haqidagi maʼlumotlar elektron şaklda yuritilmoqda. Ayrim kasalliklar böyiça dispanser nazoratida turgan bemorlarni hisobga oliş ham yölga qöyilgan.
Markazning yana bir muhim imkoniyati — tibbiy qabullar jarayonini nazorat qiliş va tahlil etişdir. Jumladan, 5-oktabrdan 4-noyabrga qadar viloyat tibbiyot muassasalarida 355 ming 513 ta tibbiy qabul amalga oşirilgan. Ularning barçasi böyiça maʼlumotlar elektron tizimga kiritilgan. Qabullarni jinslar kesimida tahlil qiliş, şuningdek, amalga oşirilgan, qayta işlanişi kutilayotgan va bekor qilingan qabullar holatini kuzatiş mumkin.
Bundan taşqari, dispanser nazoratidagi bemorlarga 7 ta kasallik yönalişi böyiça 28 turdagi dori vositalarini bepul taqdim etiş belgilangan. Uşbu xarajatlar Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi tomonidan qoplab beriladi.
[gallery-32374]
Markaz faoliyati bilan tanişgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov raqamlaştiriş jarayonida tizimning nafaqat texnik imkoniyatlarini, balki uning amaldagi samaradorligini ham baholaş zarurligini taʼkidladi.
— Davlatimiz rahbari tibbiyot tizimini oddiy qişloq vraçlik punktidan tortib viloyat darajasigaça raqamlaştiriş uçun barça imkoniyatlarni yaratib berdi. Endi asosiy vazifa — bu imkoniyatlardan töliq va samarali foydalaniş. Men uçun eng muhim savol: bemorga tibbiy xizmat körsatiş jarayonida qayerda uziliş bor? — dedi viloyat rahbari.
Doniyor Qodirov, ayniqsa, tez tibbiy yordam xizmati bilan statsionar muassasalar örtasidagi axborot almaşinuviga alohida eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlaşiça, tez tibbiy yordam brigadasi bemorni şifoxonaga olib kelayotgan vaqtda uning ahvoli, dastlabki taşxisi va zarur tibbiy yordam turi haqidagi maʼlumotlar qabul qiluvçi muassasaga oldindan yetkazilişi lozim. Bu esa şifokorlarga bemorni kutib olişga tayyorgarlik köriş, zarur mutaxassislar va tibbiy jihozlarni oldindan şaylaş imkonini beradi.
Markazda tez tibbiy yordam xizmati va statsionar tibbiyot muassasalari faoliyatini yagona raqamli makonda muvofiqlaştiriş imkoniyati ham yaratilgan. Xususan, viloyatdagi 74 ta tez tibbiy yordam brigadasining barçasi DMED axborot tizimiga ulangan. Şuningdek, 11 ta şahar va tuman statsionar şifoxonasi tizimga integratsiya qilingan. Tibbiyot muassasalaridagi videokuzatuv tizimlari ham markazga jamlangan bölib, ular orqali muassasalar faoliyatini yagona joydan kuzatib boriş mumkin.
Taqdimot davomida tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga berilgan planşetlar orqali bemor haqidagi maʼlumotlarni qabul qiluvçi şifoxonaga oldindan uzatiş imkoniyati namoyiş etildi. Viloyat rahbari esa bu jarayonning amalda qay darajada samarali işlayotganini örganiş, mavjud texnik va taşkiliy kamçiliklarni aniqlaş hamda bartaraf etiş zarurligini taʼkidladi.
— Raqamlaştiriş uçun katta mablağ va imkoniyatlar yönaltirilmoqda, zamonaviy şaroitlar yaratilyapti. Endi eng muhimi, bu tizim qoğozda yoki monitorda emas, amalda ham töliq işlaşi kerak. Har bir bemorga öz vaqtida, sifatli va malakali tibbiy yordam körsatilişi şart. Bu borada masʼuliyatni yanada oşirişimiz zarur, — dedi Doniyor Qodirov. Şuningdek, tez tibbiy yordam xodimlarini bodi-kameralar bilan taʼminlaş masalasi ham muhokama qilindi. Bu xizmat jarayonidagi holatlarni qayd etiş, tibbiyot xodimlari va fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş, turli tuşunmovçilik hamda ehtimoliy nizolarning oldini olişga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Raqamli tizimdan samarali foydalanişda tibbiyot xodimlarining bilim va könikmalari ham muhim ahamiyatga ega. Şu bois tadbirda viloyat şifokorlari uçun maxsus öquv kurslarini taşkil etiş, ularning DMED tizimi bilan işlaş böyiça malakasini oşiriş zarurligiga ham eʼtibor qaratildi.
Umuman olganda, raqamli soğliqni saqlaş markazi tibbiy xizmatlar körsatilişi ustidan doimiy monitoring örnatiş, tez tibbiy yordamdan tortib statsionar muassasalargaça bölgan jarayonlarni muvofiqlaştiriş va bemorlarga zarur yordamni öz vaqtida körsatiş uçun muhim imkoniyat yaratadi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat va video), ÖzA