Kasaba uyuşmalari kuni nişonlandi
«Inson qadri uçun» tamoyili amalga oşirilayotgan islohotlarning asosidir Bugungi kunda Farğona viloyatidagi 4 mingdan ortiq boşlanğiç kasaba uyuşmasi taşkiloti qariyb 700 ming nafar aʼzoni birlaştirgan. Uyuşma aʼzolari islohotlarda faol iştirok etib, ularning mazmun-mohiyatini aholiga yetkaziş va mehnatkaşlarning ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga hissa qöşmoqda. U mehnatkaşlar huquq va manfaatlarini himoya qiliş, munosib mehnat va dam oliş şaroitlarini yaratişda faollik körsatmoqda.
Maʼlumki, mamlakatimizda 11-noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni deb eʼlon qilingan. Şu munosabat bilan Farğonada bayram tadbiri bölib ötdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasining masʼul vakillari, hamda soha fidoyilari iştirok etdi.
– Bu jamoatçilik instituti «Ayollar daftari» orqali 562 ming nafardan ziyod ehtiyojmand xotin-qizga amaliy yordam körsatdi, bolalar oromgohlarida esa öğil-qizlarning mazmunli dam olişi va salomatligini mustahkamlaşi uçun şaroitlar yaratdi, – dedi Farğona viloyat kasaba uyuşmalari raisi Erkin Nuraliyev.– Şuningdek, «Özbekiston böylab sayohat qil!» dasturi doirasida Federatsiya kömagi bilan viloyatning 2 ming nafarga yaqin aholisi tarixiy şaharlar, ziyoratgohlar va diqqatga sazovor maskanlarga sayohat qiliş imkoniyatiga ega böldi.
Tadbirda söz olganlar uşbu sana nafaqat kasaba uyuşmalari xodimlari, balki mehnati bilan oilasi va jamiyat farovonligiga hissa qöşayotgan barça yurtdoşlarimizning, xalqimizning bayrami ekanini taʼkidladilar.
Respublika va viloyat miqyosidagi tanlovlar ğoliblari hamda bir guruh faollarga “Faxriy yorliq”, “Taşakkurnoma” va esdalik sovğalari topşirildi.
Muhammadjon Obidov,
ÖzA