Toşkent metrosi 49 yoşda: yarim asrlik taraqqiyot, millionlab yölovçi va kelajak avlod oldidagi masʼuliyat
Metro – millionlab insonlarning vaqti, kundalik rejasi va xavfsizligi bilan boğliq ulkan tizimni qamrab oladi.
Mazkur jamoat transportida kunning istalgan qismida hayot gavjum. Kimdir işga şoşadi, kimdir darsga, yana kimdir uyiga tezroq yetib olişni istaydi. Ularning barçasini bir maqsad – manzilga öz vaqtida va bexatar yetib boriş istagi birlaştiradi.
Toşkent metropoliteni bugun 49 yoşda. Bir vaqtlar 29 ta bekat va 38 kilometr yönalişga ega bölgan tizim hozirda 50 ta bekat, 71 kilometrdan ortiq yönalişni qamrab oldi. Kuniga 1,2 milliondan ziyod yölovçiga xizmat körsatmoqda.
Ammo yölovçilar sonining ortişi, bekatlardagi gavjumlik, xizmatlar sifati, zamonaviy texnologiyalar va xavfsizlik masalalari metropoliten oldiga yangi talablarni qöymoqda. 2030-yilgaça 79 ta bekat va 103 kilometrlik yönalişga ega böliş maqsadi qöyilgan bir şaroitda yana bir muhim savol tuğiladi: kelajak metrosi qanday bölişi kerak va uni kimlar rivojlantiradi?
Şu haqda “Toşkent metropoliteni” AJ Metropoliten yoşlar yetakçilari kengaşi raisi Mirolim Mirhusanov bilan suhbatlaşdik.

–Metro kengaydi. Endi asosiy vazifa nima?
– Asosiy vazifa – bu ösişni yölovçi sezadigan qulaylikka aylantiriş. 49 yil davomida metropoliten katta taraqqiyot yölini bosib ötdi. Ayniqsa, sönggi yetti yilda 33 kilometr yangi yönaliş qurilib, 21 ta bekat foydalanişga topşirildi. Bu poytaxtning köplab hududlarida aholi uçun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Biroq, rivojlaniş faqat yangi bekatlar bilan ölçanmaydi. Yölovçi uçun eng muhimi – poyezdning öz vaqtida kelişi, bekatda xavfsiz harakatlaniş va manziliga ortiqça sarsongarçiliksiz yetib borişi.
–1,2 million yölovçi. Bu katta sinov emasmi?
– Albatta. 2021-yilda bir kunda örtaça 280–300 ming nafar yölovçi taşilgan bölsa, bugun körsatkiç 1,2 million nafardan oşdi. Bunday ösiş harakat tarkiblari sonini köpaytiriş, bekatlarning ötkazuvçanlik imkoniyatini oşiriş va harakatni samarali boşqarişni talab etadi.
Şu maqsadda 55 ta zamonaviy harakat tarkibi xarid qilinib, ularning umumiy soni 90 tadan oşirildi. 2027-yilda yana 14 ta beş vagonli harakat tarkibini xarid qiliş rejalaştirilgan.

–Poyezdlar köpaysa, gavjumlik barham topadi, deb öylaysizmi?
– Buning özi yetarli emas. Gavjumlikni kamaytiriş uçun poyezdlar harakati oraliğini maqbullaştiriş, yölovçilar oqimini töğri taqsimlaş, bekatlarning kiriş-çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş ham zarur. Bu masalaga kompleks yondaşiş kerak.
–Yölovçi uçun eng muhim qulaylik nimada?
– Uning ehtiyojini inobatga olişda. Masalan, keksa inson yoki nogironligi bölgan yölovçi uçun lift, bolali oila uçun ona va bola xonasi, barça uçun esa toza va xavfsiz muhit muhim.
Bugun yölovçilar oqimi yuqori bölgan 11 ta bekatda ona va bola xonalari hamda jamoat hojatxonalari taşkil etilgan. Bir qator bekatlarda eskalatorlar zamonaviy uskunalarga almaştirildi.
“Çinor” bekatida turniketlar soni 6 tadan 13 taga yetkazilib, kunlik ötkazuvçanlik quvvati 15–20 ming nafardan 35–40 ming nafarga oşirildi. Törtta yuqori siğimli lift örnatildi.
Menimça, zamonaviylikning haqiqiy mezoni – barça toifadagi yölovçilar uçun qulay şaroit yaratiş.

–Metro raqamli şaharning bir qismiga aylanyaptimi?
– Albatta. Bugun yölovçilar bank kartalari, mobil ilovalar, ATTO transport kartalari orqali tölov qilişlari mumkin. Face Pay va Palm Pay texnologiyalari ham barça bekatlarda joriy etilgan.
Şuningdek, bekatlarda bepul Metro Wi-Fi xizmati yölga qöyilgan, mobil aloqa qamrovi yaxşilangan. Bu xizmatlar yölovçining vaqtini tejaş va safarini qulay taşkil etişga xizmat qiladi.

–Ekologiya haqida gap köp. Metro bu borada qanday hissa qöşmoqda?
– Metropolitenning özi ekologik toza jamoat transporti turlaridan biri. Şu bilan birga, elektr energiyasidan samarali foydalaniş ham muhim. Elektrodepolar hududlarida quyoş panellari örnatilmoqda. Bu muqobil energiya manbalaridan foydalaniş va xarajatlarni qisqartirişga xizmat qiladi.
–Metroning kelajagini texnika yaratadimi yoki inson?
– Albatta, inson. Eng zamonaviy poyezd ham uni boşqaradigan, texnik holatini nazorat qiladigan va xavfsizligini taʼminlaydigan mutaxassislarsiz öz vazifasini töliq bajara olmaydi.
Bugun metropolitenda 6 mingdan ortiq xodim mehnat qiladi. Ularning 38 foizini yoşlar taşkil etadi. Bu katta salohiyat, ayni paytda jiddiy masʼuliyat hamdir.

–Yoşlar kengaşi ularga nima bera olyapti?
– Eng avvalo, öz fikrini bildiriş va taşabbus körsatiş imkoniyatini. Yoşlar kengaşi faoliyatini faqat tadbirlar bilan çeklab bölmaydi. Yoş xodimlarning muammolarini örganiş, takliflarini masʼullarga yetkaziş, kasbiy rivojlanişiga kömaklaşiş muhim.
Menimça, yoş mutaxassis taşkilotda faqat topşiriq bajaruvçi emas, balki uning rivojiga hissa qöşuvçi inson ekanini his qilişi kerak.
–Yoşlar uçun kasbiy ösiş imkoniyatlari yetarlimi?
– Bu yönalişda muayyan işlar amalga oşirilmoqda. 2021–2025-yillarda 335 nafar xodim Toşkent davlat transport universiteti va Belarus davlat universitetining qöşma taʼlim dasturlari doirasida tahsil oldi. Ularning 50 foizini yoşlar taşkil etdi.
2024–2025-yillarda elektropoyezd maşinisti öquv kurslariga jalb etilgan 246 nafar xodimning 150 nafari yoş mutaxassislardir.
Bu kabi imkoniyatlar yoşlarning nazariy bilimini amaliyot bilan boyitişga xizmat qiladi. Eng muhimi, ularning kelajakda malakali mutaxassis va rahbar bölib yetişişi uçun zamin yaratadi.
–2030-yildagi metro bugungisidan nimasi bilan farq qilişi kerak?
– 2030-yilgaça kunlik yölovçilar sonini 1,8 million nafarga, bekatlar sonini 79 taga, yönalişlar uzunligini 103 kilometrga yetkaziş maqsad qilingan.
Menimça, kelajak metrosi uçta asosiy talabga javob berişi kerak: xavfsiz, qulay va zamonaviy bölişi lozim. Yangi bekatlar qurilişi bilan birga xizmat sifati, raqamli boşqaruv, energiya samaradorligi va kadrlar salohiyati ham oşirilişi zarur.
–49 yillik metro tarixidan keyingi avlodga qanday meros qoldirişni istar edingiz?
– Men keyingi avlodga faqat yangi poyezdlar yoki köplab bekatlarni emas, balki yölovçilar işonçini qozongan, yuqori kasbiy madaniyatga ega va doimiy rivojlanadigan tizimni qoldirişni istardim.
Çunki texnika yangilanadi, binolar quriladi, texnologiyalar özgaradi. Ammo tizimning obrösini insonlar yaratadi. Bugun biz ana şu masʼuliyatni his qilib işlaşimiz kerak.
Metroning eng muhim manzili – yölovçining işonçi. Bu manzilga esa faqat yangi bekatlar bilan emas, har kuni bajariladigan masʼuliyatli mehnat bilan yetib boriladi.

Muhayyo Toşqorayeva suhbatlaşdi.
ÖzA