O‘zbekiston–Isroil: badiiy sohada hamkorlik rivojlanmoqda
O‘zbekiston Badiiy akademiyasida akademiya raisi Akmal Nuriddinov va Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasining birinchi kotibi Bolislav Yatvetskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik uzoq tarixga ega. Ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari ulkan madaniy merosga tayanadi. Bu aloqalar izchil rivojlanib, yangi loyihalar, ko‘rgazmalar va madaniy tadbirlar bilan boyib bormoqda.
Uchrashuv davomida tomonlar san’at va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Xususan, ikki mamlakatning san’at muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va kelgusida aniq loyihalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldi.
G.Boboyeva,
O‘zA