Kitobxon jamiyat — fikrlaydigan, izlanadigan va taraqqiy etadigan jamiyat
Kitob — insonning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutuvchi, uni ezgulik, mushohada va teran fikrlashga chorlovchi beqiyos manba.
Mutolaa inson qalbida yangi tuyg‘ularni uyg‘otadi, dunyoqarashini kengaytiradi va hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Ayniqsa, jamoada kitobxonlik muhitini shakllantirish xodimlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston davlat sport akademiyasida Kitobxonlik kuni doirasida xodimlar ishtirokida ana shu ezgu maqsadlarga qaratilgan mazmunli va samimiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida akademiyaning yosh xodimi So‘g‘diyona To‘xtayeva tomonidan kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Davra suhbati jarayonida asarda yoritilgan inson taqdiri, hayot sinovlari, orzu-intilishlar, ruhiy kechinmalar, inson qadri va jamiyatdagi dolzarb masalalar yuzasidan qizg‘in fikr almashildi. Ishtirokchilar asardan olgan taassurotlari, undagi hayotiy saboqlar va insonni o‘ylantiruvchi jihatlar haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, bunday tadbirlar xodimlar o‘rtasida samimiy muloqot va fikr almashish uchun qulay imkoniyat yaratib, jamoaviy hamjihatlikni yanada kuchaytiradi. Turli asarlar haqidagi fikrlarni o‘rtoqlashish orqali ishtirokchilar bir-birining dunyoqarashi va hayotiy qarashlari bilan yaqinroq tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Zero, kitobxon jamiyat — fikrlaydigan, izlanadigan va taraqqiy etadigan jamiyat. Bugun mutolaa qilingan har bir yaxshi kitob ertangi kun uchun yangi g‘oya, yangi qarash va yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
N.Rahmonova,
O‘zA