O‘zbekiston-Isroil: Badiiy sohada hamkorlik rivojlanmoqda
O‘zbekiston Badiiy akademiyasida akademiya raisi Akmal Nuriddinov va Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi 1-kotibi Bolislav Yatvetskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik uzoq tarixga ega bo‘lib, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari ulkan madaniy merosga asoslanadi. Bu aloqalar izchil rivojlanib, yangi loyihalar, ko‘rgazmalar va madaniy tadbirlar bilan boyib bormoqda.
Uchrashuv davomida tomonlar san’at va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Xususan, ikki mamlakatning san’at muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va kelgusida aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldi.
G.Boboyeva,
O‘zA