Nukusda jurnalistlarning kasbiy etikasi kodeksi muhokama qilindi
Bugungi axborot asrida jurnalist zimmasidagi masʼuliyat, söz erkinligi va xolislik tamoyillariga amal qiliş har qaçongidan ham muhim. Zero, jurnalist nafaqat axborot yetkazuvçi, balki jamoatçilik fikrini şakllantirişda ham muhim örin tutadi.
Nukus şahrida «Özbekiston jurnalistlarining kasbiy etikasi kodeksi» loyihasi taqdimoti va jamoatçilik muhokamasi bölib ötdi. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan taşkil etilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda soha mutaxassislari iştirok etdi.
Uçraşuv davomida kodeks loyihasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy tamoyillar, jurnalistning kasbiy masʼuliyati, axborotni xolis va işonçli tarzda yetkaziş, şuningdek, kasbiy etika meʼyorlariga rioya qiliş masalalari atrofliça muhokama qilindi.


Jonli muloqot ruhida keçgan muhokamada iştirokçilar öz fikr va mulohazalarini bildirib, loyihani yanada takomillaştiriş yuzasidan takliflarini örtaga taşladi.
Taʼkidlaş joizki, bunday uçraşuvlar jurnalistika sohasida kasbiy masʼuliyatni oşiriş, hamkasblar örtasida tajriba almaşiş va jurnalistik faoliyatda axloqiy mezonlarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
ÖzA