Talabalar uçun “Kasbiy volontyorlik” dasturi amalga oşiriladi
Prezident farmoniga köra, 2027-yildan boşlab aholi, ayniqsa, yoşlar va davlat xizmatçilarining volontyorlik faoliyati böyiça bilim va könikmalarini şakllantiriş maqsadida:
– volontyorlik qiliş istagidagi yoşlar iştirokida “Service Learning” (ijtimoiy xizmat asosidagi taʼlim) dasturi asosida qisqa muddatli öquvlar taşkil etiş orqali ularning volontyorlik könikmalarini şakllantirişga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşiriladi;
– davlat oliy taʼlim taşkilotlari talabalari va texnikum öquvçilari uçun “Kasbiy volontyorlik” dasturi amalga oşiriladi.
Bunda:
– davlat organlari va taşkilotlari oliy taʼlim taşkilotlari talabalari hamda texnikum öquvçilariga taʼlimdan taşqari vaqtlarda volontyorlar guruhi tarkibida volontyorlik faoliyatini amalga oşirişi uçun zarur şaroitlar yaratilişini taʼminlaydi;
– talabalar taʼlim olayotgan ixtisosligiga mos volontyorlik dasturida öz xohişiga köra iştirok etadi.
2027 yil 1 yanvardan boşlab tajriba-sinov tariqasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari lavozimiga işga qabul qilişda nomzodlarning malaka talablari böyiça körsatkiçlari teng bölgan hollarda volontyorlik faoliyati bilan şuğullangan nomzodlarga ustunlik beriladi.
ÖzA