Nukusda giyohvandlikka qarşi tarğibot marafoni ötkazildi
Nukus şahrida yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oşiriş, şuningdek, vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşga qaratilgan tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qömondonligi, Milliy gvardiya boşqarmasi hamda boşqa kuç tuzilmalari hamkorligida “Biz giyohvandlik vositalariga qarşimiz!” şiori ostida taşkil etilgan piyoda yuriş marafoni ham ana şunday tadbirlardan biri böldi.
Unda harbiy xizmatçilar, yoşlar va keng jamoatçilik vakillari faol iştirok etdi.
Tadbir davomida harbiy orkestr hamda taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qöşiqlar iştirokçilarga kötarinki kayfiyat bağişladi.
[gallery-32382]
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA