Urbanizatsiya va barqaror taraqqiyot: şaharsozlikda nimalar muhim?
Bugungi kunda Özbekistonda urbanizatsiya jarayonlari jadallaşib, şaharlar qiyofasi tubdan özgarmoqda. Yangi turar joy majmualari, zamonaviy infratuzilma obʼektlari va transport tarmoqlarining barpo etilişi aholi uçun qulay yaşaş muhitini şakllantirişga xizmat qilmoqda. Şu bilan birga, şaharlarning kengayişi transport tirbandligi, muhandislik tarmoqlariga ortib borayotgan yuklama, ekologik barqarorlik va ijtimoiy infratuzilmadan samarali foydalaniş kabi masalalarga yangiça yondaşuvni taqozo etmoqda.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Barqaror rivojlaniş maqsadlari (BRM) doirasida belgilangan 11 maqsad – şaharlar va aholi punktlarining oçiqligi, xavfsizligi, barqarorligi hamda ekologik çidamliligini taʼminlaş aynan şu vazifalar bilan çambarças boğliq.
Xöş, mamlakatimiz şaharlarni barqaror rivojlantirişda qaysi yönalişlarga ustuvor ahamiyat qaratiş lozim? Transport muammolarini hal etiş, hududlar örtasida iqtisodiy imkoniyatlarni mutanosib taqsimlaş va iqlim özgarişiga moslaşgan şahar muhitini şakllantirişning qanday samarali mexanizmlari mavjud?
Uşbu savollar yuzasidan Barqaror rivojlaniş markazi bölim boşliği Muslim Ergaşboyev bilan suhbatlaşdik.
– Yurtimizda şaharlar jadal rivojlanmoqda. Sizningça, BRMning 11 maqsadiga erişişda qaysi masalalarga ustuvor ahamiyat qaratiş lozim?
– Avvalo, taʼkidlaş kerakki, şaharlarning rivojlaniş darajasini faqat qurilgan uy-joylar, yöllar yoki ijtimoiy obʼektlar soni bilan baholaş yetarli emas. Asosiy masala - ularning özaro boğliqligi va mavjud infratuzilmadan qançalik samarali foydalanilayotganidir. Masalan, yangi turar joy majmuasi qurilişi aholi sonining ortişiga, bu esa maktablar, tibbiyot muassasalari, jamoat transporti va muhandislik tarmoqlariga qöşimça yuklama tuşişiga olib keladi.
Agar uşbu ehtiyojlar oldindan hisobga olinmasa, quriliş kölamining kengayişi aholi uçun yangi muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Şu bois, yirik loyihalarni rejalaştirişda mavjud infratuzilmaning quvvati, kelgusidagi aholi soni va qöşimça xizmatlarga bölgan talab birgalikda baholanişi lozim.
Yana bir masala – şahar infratuzilmasi köpinça maʼmuriy çegaralardan taşqarida ham aholiga xizmat körsatadi. Bir hududda qurilgan yöl, transport tarmoği yoki suv taʼminoti obʼektidan qöşni hudud aholisi ham foydalanişi mumkin. Biroq uni barpo etiş va saqlaş xarajatlari aksar hollarda muayyan mahalliy byudjet zimmasiga tuşadi.
Şu nuqtai nazardan, hududlararo infratuzilmani birgalikda moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş lozim. Qöşni şahar va tumanlar umumiy foydalaniladigan obʼektlar böyiça investitsiya kelişuvlarini tuzib, xarajatlarni aholi soni, infratuzilmadan foydalaniş kölami va moliyaviy imkoniyatlardan kelib çiqib taqsimlaşi mumkin. Bu ayniqsa, jamoat transporti, suv taʼminoti, oqova suvlarni tozalaş va çiqindilarni qayta işlaş sohalarida samarali natija beradi.
– Yirik şaharlarda transport tirbandligini kamaytirişning qanday amaliy yöllari bor, deb öylaysiz?
– Transport tirbandligini faqat avtomobil yöllarini kengaytiriş orqali bartaraf etib bölmaydi, albatta. Avvalo, transport oqimlarini yuzaga keltirayotgan iqtisodiy omillarni ham örganiş kerak. Xususan, yirik ulgurji savdo obʼektlari va omborxonalarning aholi ziç yaşaydigan hududlarda joylaşişi avtomobillar harakatini köpaytiradi. Şu sababli, avtomobil magistrallari va temir yöl yuk stansiyalariga yaqin hududlarda zamonaviy savdo-logistika markazlarini rivojlantiriş mumkin.
Bunday markazlarda mahsulotlarni qabul qiliş, saqlaş, saralaş va yetkazib beriş jarayonlarini birlaştiriş orqali şahar içidagi ortiqça yuk taşiş harakatini kamaytirişga erişiladi. Elektron savdo platformalari va avtomatlaştirilgan ombor tizimlari esa tovar aylanmasini yanada samarali taşkil etişga xizmat qiladi.
Ikkinçi yönaliş – jamoat transportining turli tarmoqlarini yagona tizim sifatida rivojlantiriş. Masalan, şaharga kiriş yöllarida avtomobillarni qoldirib, jamoat transportiga ötiş imkonini beruvçi transport almaşiş nuqtalarini taşkil etiş ham tirbandlikni kamaytirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, sunʼiy intellekt yordamida transport oqimini tahlil qiliş, svetoforlarni yöllarning haqiqiy bandlik darajasiga qarab boşqariş va jamoat transportiga harakatda ustuvorlik beriş imkoniyatlarini kengaytiriş lozim. Bunda asosiy mezon yöllarning ötkazuvçanligi emas, balki aholining kundalik qatnovga sarflaydigan vaqti qisqarişi kerak.
– Şaharlarda bolalar xavfsizligini taʼminlaş borasida qanday takliflaringiz bor?
– Şahar muhitining xavfsizligi, avvalo, bolalar, keksalar va harakatlaniş imkoniyati çeklangan fuqarolar uçun yaratilgan şaroitlarda namoyon böladi. Masalan, maktab oldida piyodalar ötiş joyining mavjudligi bolaning uyidan maktabgaça bölgan butun yöl xavfsizligini anglatmaydi. Bu yönalişda piyodalar yölakçasining uzluksizligi, köçalarning yoritilişi, transport tezligi va xavfli çorrahalar holati birgalikda baholanişi kerak.
Ayrim hududlarda darslar boşlanişi va tugaşi vaqtida maktablar atrofida avtomobil harakatini vaqtinça çeklaş, bolalarni xavfsiz tuşiriş va olib ketiş joylarini taşkil etiş, piyodalar uçun himoyalangan yölaklar barpo etiş mumkin. Bunday yeçimlar maktab atrofidagi alohida obʼektni emas, balki bolalarning kundalik qatnov yönalişini töliq qamrab olişi lozim.
Bu borada raqamli modellaştiriş texnologiyalaridan kengroq foydalaniş mumkin. Masalan, yangi yöl, maktab yoki turar joy majmuasi qurilişidan oldin uning transport harakati, piyodalar xavfsizligi va ijtimoiy infratuzilmaga taʼsirini kompyuter modeli orqali baholaş mumkin. Şaharning raqamli modelida aholi ziçligi, transport oqimlari, xavfli çorrahalar va maktablarga qatnov yönalişlari aks ettirilsa, turli yeçimlarni amalga oşirişdan avval ularning ehtimoliy natijalarini soliştiriş imkoni paydo böladi.
Masalan, muayyan köçada avtomobil harakati çeklanganda transport oqimi qaysi yönalişlarga taqsimlanişi yoki yangi turar joy qurilişi yaqin atrofdagi maktablar faoliyatiga qanday taʼsir körsatişini oldindan hisoblaş mumkin. Raqamli modellardan kuçli yoğingarçilik oqibatlarini baholaş, evakuatsiya yönalişlarini belgilaş va tezkor xizmatlar harakatini rejalaştirişda ham foydalansa böladi.
– Poytaxtda taʼlim va iqtisodiy imkoniyatlarning jamlanişi hududlar rivojlanişiga qanday taʼsir körsatadi?
– Iqtisodiy va ilmiy faoliyatning yirik şaharlarda jamlanişi tabiiy jarayon. Biroq taʼlim muassasalari, işlab çiqariş korxonalari va yuqori malakali iş örinlarining asosan poytaxtda töplanişi uy-joy hamda transport infratuzilmasiga qöşimça bosim keltirib çiqaradi. 2025-2026 öquv yili boşida mamlakatimizda faoliyat yuritgan 215 ta oliy taʼlim taşkilotining 98 tasi Toşkent şahrida joylaşgan. Bu körsatkiç hududlarda taʼlim va ilmiy-tadqiqot imkoniyatlarini yanada kengaytiriş zarurligini körsatadi.
Fikrimça, buning uçun taʼlim va sanoat siyosatini özaro boğliq holda rivojlantiriş kerak. Masalan, töqimaçilik sanoati rivojlangan vodiy viloyatlarida sohaga ixtisoslaşgan taʼlim va tadqiqot imkoniyatlarini kengaytiriş, Navoiyda muhandislik va sanoat texnologiyalari, Qaşqadaryoda energetika hamda agrosanoat yönalişlarini kuçaytiriş mumkin.
Oliy taʼlim muassasalari va korxonalar örtasida qöşma laboratoriyalar, amaliy tayyorgarlik dasturlari hamda ilmiy loyihalarni taşkil etiş maqsadga muvofiq. Şuningdek, ayrim işlab çiqariş, logistika va xizmat körsatiş faoliyatini iqtisodiy salohiyati yuqori bölgan hududlarda joylaştirişni rağbatlantiriş lozim. Bu jarayonda muhandislik tarmoqlariga ulaniş, soliq yengilliklari va mutaxassislarning uy-joyga bölgan ehtiyojini birgalikda körib çiqiş lozim.
Asosiy masala Toşkentning iqtisodiy mavqei yoki poytaxtda yaşaş imkoniyatlarini çeklaş emas, balki boşqa şaharlarda ham sifatli taʼlim, munosib iş örinlari va iqtisodiy ösiş uçun şaroit yaratişdir.
Hududlarni rivojlantirişda esa ularning iqtisodiy ixtisoslaşuvi, tabiiy şaroiti va mavjud imkoniyatlaridan kelib çiqiş kerak. Farğona vodiysida sanoat korxonalari örtasidagi kooperatsiyani kuçaytiriş, yuk taşiş yönalişlarini muvofiqlaştiriş va energetika infratuzilmasini işlab çiqariş ehtiyojlariga mos rivojlantiriş dolzarb.
Samarqand va Buxoroda esa turistik infratuzilmani takomillaştiriş bilan birga, tarixiy-madaniy merosni muhofaza qiliş, transport harakatini tartibga soliş va tarixiy şahar muhitini asrab-avaylaşga alohida eʼtibor qaratiş talab etiladi. Bunday yondaşuv har bir şaharning iqtisodiy salohiyatidan töliqroq foydalaniş imkonini beradi.
– Iqlim özgarişi şaroitida şahar infratuzilmasini qanday takomillaştiriş mumkin?
– Ölkamizning tabiiy iqlim şaroiti şaharsozlikda öziga xos yeçimlarni talab etadi. Ayniqsa, yoz jaziramasi, baʼzi hududlarda suv resurslarining çeklanganligi va kuçli yoğingarçilik oqibatlarini hisobga oliş muhim. Bu boradagi yönalişlardan biri – yoğin suvlaridan oqilona foydalaniş.
Piyodalar yölaklari va avtoturargohlarda suv ötkazuvçan qoplamalardan, jamoat hududlarida esa yoğin suvini vaqtinça uşlab qoluvçi maxsus landşaft maydonlaridan foydalaniş mumkin. Bunday yeçimlar suvni oqiziş tarmoqlariga tuşadigan yuklamani kamaytiriş bilan birga, tuproqda namlik saqlanişiga ham xizmat qiladi.
Şahar muhitini tabiiy sovitiş ham istiqbolli yönalişlardan biridir. Buning uçun alohida yaşil hududlar barpo etiş bilan çeklanmay, ularni piyodalar yölaklari, suv obʼektlari va soyali jamoat makonlari orqali özaro boğlaş lozim. Şahar kanallari atrofida piyodalar uçun qulay hududlarni rivojlantiriş, yirik avtomobil yöllari böylab daraxt va butalardan iborat köp qatlamli yaşil himoya maydonlarini şakllantiriş, ayrim muhandislik inşootlarida vertikal kökalamzorlaştiriş texnologiyalarini qöllaş mumkin.
Şuningdek, zamonaviy qurilişda anʼanaviy meʼmorçilikning iqlimga moslaşgan yeçimlaridan, jumladan, soyali içki hovlilar, ayvonlar va tabiiy havo almaşinuvini taʼminlovçi konstruksiyalardan foydalaniş energiya sarfini kamaytirişga yordam beradi. Albatta, bunday texnologiyalar mahalliy iqlim, suv sarfi va texnik xizmat körsatiş xarajatlari hisobga olingan holda tatbiq etilişi kerak.
Umuman, BRMning 11 maqsadiga erişiş uçun şaharlarni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jarayonlar özaro boğlangan yaxlit tizim sifatida boşqariş talab etiladi. Bunda quriliş kölami emas, balki transport qulayligi, infratuzilma işonçliligi, aholi xavfsizligi va iqtisodiy imkoniyatlarning kengayişi asosiy mezon bölişi lozim.
Ö.Alimov suhbatlaşdi.
ÖzA