Zafaroboddagi bunyodkorlik işlari deputatlar eʼtiborida
Jizzax viloyati Zafarobod tumanida hududlarni kompleks rivojlantiriş, aholi turmuş şaroitini yaxşilaş, infratuzilmani yangilaş hamda ijtimoiy soha obʼektlarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş borasidagi işlar deputatlar tomonidan örganildi.
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengaşi deputati Bahodir Nazarov boşçiligidagi işçi guruh tarkibida tuman hokimining örinbosari Jahongir Sattorov, tuman Kengaşi raisi Jasur Abdullayev, Kengaş kotibiyati mudiri Bahrom Hamroqulov hamda mahalliy deputatlar iştirok etdi.
Dastlab işçi guruh Yorqin mahallasidagi 85 örinli oilaviy şifokorlik punktining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligini közdan keçirdi. Muassasani isitiş uçun davlat-xususiy şeriklik asosida 16 tonna kömir yetkazib berilgan. Bino fasadi esa issiqlikni saqlaş maqsadida bazalt qoplamasi bilan qoplangan.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-oktabrdagi “Alohida tuman (şahar) va mahallalarni aholining yaşaşi va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun namunali hududga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida mahallada keng kölamli obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda.
Xususan, Şohruhiya va Yorkent köçalarida 1,5 kilometr piyodalar yölagi qurilib, 56 ta energiya tejamkor çiroq örnatilgan. Uçma, Qiziltoş va Behbudiy köçalarining 3 kilometr qismi asfaltlangan. Şuningdek, 2 ta transformator örnatilib, 1 kilometr elektr tarmoği va 1,5 kilometr lotok tizimi yangilangan. Bu işlarga jami 7,8 milliard söm yönaltirilgan.
Mahallada 3,1 milliard söm hisobidan mikrosanoat zonasi ham barpo etilmoqda. Bu yerda savdo va işlab çiqariş obʼektlari joylaştirilib, yangi iş örinlari yaratilişi közda tutilgan. Şuningdek, yaşil maydonlar, qariyb 1 kilometr piyodalar va velosiped yölaklari taşkil etilmoqda.
— Mahallamiz tobora obod bölib, qiyofasi özgarmoqda, — deydi mahalla faxriysi Jabbor Şaripov. — Ayniqsa, mikrosanoat zonasi yoşlar va tadbirkorlar uçun katta imkoniyat yaratadi. Yangi korxonalar işga tuşişi bilan mahalladoşlarimiz doimiy iş örinlariga ega böladi. Içki yöllar va infratuzilma bilan boğliq masalalarga ham eʼtibor qaratilayotganidan mamnunmiz.
Mahalla binosida ötkazilgan oçiq muloqotda aholining içki yöllarni taʼmirlaş, kollej binosini rekonstruksiya qiliş, elektr tarmoqlarini yangilaş va tadbirkorlarga subsidiya ajratişga oid murojaatlari tinglanib, masʼullarga tegişli vazifalar belgilandi.
“Yangi Özbekiston qiyofasidagi tuman” maqomini olgan Zafarobodni kompleks rivojlantiriş uçun 100 milliard söm mablağ ajratilgan. Uşbu mablağlar hisobidan tuman markaziga kirişdagi 2,1 kilometr köçada 7,4 milliard sömlik obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida piyodalar va velosiped yölaklari quriş, yoritiş tizimini yangilaş hamda kanal atrofini tösiş işlari bajarilyapti.
[gallery-32394]
Böston mahallasida esa qarovsiz qolgan maydon örnida favvora, çarxpalak va salomatlik yölaklariga ega zamonaviy istirohat boği barpo etilmoqda.
Örganişlar yakunida aniqlangan muammolarni masʼul taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etiş hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuçaytirişga kelişib olindi.
Jamşid YORBEKOV (surat), ÖzA