Nodirbek Abdusattorov bugun Parijda belaruslik shaxmatchi bilan bahs olib boradi
Bugun, 14-avgust kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida kibersport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Esports World Cup-2026” musobaqasi shaxmat bahsida pley-off o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
“Esports World Cup-2026” guruh bosqichida barcha 4 ta uchrashuvda ishonchli g‘alaba qozonib, yuz foizlik natija bilan pley-off bosqichiga yo‘l olgan Nodirbek Abdusattorov bugungi o‘yinda belaruslik Denis Lazavikka qarshi dona suradi.
Shuningdek, ushbu bosqichda norvegiyalik Magnus Karlsen hindistonlik Nihal Sarin bilan, AQSHlik Hikaru Nakamura hindistonlik Arjun Erigaisi bilan, Fransiya vakili Alireza Firuzja amerikalik Hans Niyeman bilan kuch sinashadi.
Bugungi musobaqalar natijasiga ko‘ra, ular orasida muvaffaqiyatga erishgan 4 nafar shaxmatchi yarim finalda bahs olib baradi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 15-avgust kuni shaxmat musobaqalarining 3-o‘rin hamda final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA