Aleksandra Barmicheva “Fergana Open” turniri finalida
Farg‘onada o‘smirlar o‘rtasida J100 tasnifiga kiruvchi “Fergana Open” xalqaro tennis turnirining yakkalik bahslarida yarim final uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Quvonarlisi, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yarim finalda yurtimiz vakili Mahmudbek Beknazarov yaponiyalik Sota Kagavani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi. Tennischimiz hal qiluvchi bahsda yana bir hamyurtimiz Abdurahmon Karimov va yaponiyalik Yuta Amano o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Qizlar o‘rtasida esa Aleksandra Barmicheva yarim finalda moldovalik Yana Semichinaga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Biroq, raqibi uchrashuvda ishtirok etmagani bois, Aleksandra final yo‘llanmasi uchun xitoylik Jiayi Vang bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA