«Nasaf» OÇL-2 musobaqasida muhim ğalabani qölga kiritdi
Futbol böyiça Osiyo çempionlar ligasi-2 musobaqasining guruh bosqiçi 5-turidan örin olgan «Nasaf» va «Al-Xolidiya» jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi.
Qarşi şahridagi «Markaziy» stadionida ötgan bahsda «Nasaf» 1:0 hisobida ğalaba qozondi. Uçraşuvdagi yagona golni 51-daqiqada Abbos Ğulomov kiritdi. Uşbu ğalabadan söng «Nasaf» jamoasining «A» guruhidagi oçkolari 7 taga yetdi.
Endi «Nasaf» guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini 9-dekabr kuni safarda BAAning «Al-Vahda» jamoasiga qarşi ötkazadi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA