Kosonsoy jamoasi – g‘olib
FOTOREPORTAJ
Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gandbol bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar ishtirok etib, bosh sovrin uchun bahs olib bordi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy o‘yin mahoratini namoyish etdi.
[gallery-30895]
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Kosonsoy tumani jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Norin tumani vakillari ikkinchi, Uchqo‘rg‘on tumani jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA