Kaliforniya gubernatori 500 dan ortiq oliy jazoni umrbod qamoqqa almaştiradi
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom ştatdagi 500 dan ortiq ölim hukmi muddatidan ilgari ozod qiliş huquqisiz umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosiga özgartirilişini maʼlum qildi.
Binobarin, yuzlab holat böyiça yakuniy qarorni ştat Oliy sudi çiqarişi lozim. Oçiq xatida Nyusom davlat tomonidan amalga oşiriladigan qatl Kaliforniya qadriyatiga zid ekani, huquq tizimi asosiga putur yetkazişi hamda jamiyat obrösini tuşirişiga urğu berdi.
Gubernatorlik muddati tugayotgan, prezidentlik poygasiga qöşilişni rejalaştirayotgan uşbu demokrat siyosatçi azaldan ölim jazosiga qatʼiy qarşi çiqib, 2019-yildayoq şu turdagi jazoni ijro etişga moratoriy kiritgan. Gubernator idorasi taqdim etgan maʼlumotga köra, avf etiş qarori ölim jazosiga hukm qilingan 548 mahkum, jumladan 529 erkak va 19 ayolga tegişli.
Ştat konstitutsiyasiga muvofiq, bir martadan köp oğir jinoyat sodir etganlarni afv etiş uçun Oliy sud roziligi talab etiladi. Yaʼni, mahkumlarning qariyb 70 foizi – 382 nafari böyiça qaror sud tomonidan tasdiqlanişi şart. Ölim jazosi böyiça axborot markazi maʼlum qilişiça, Nyusomning qarori AQŞ tarixidagi eng yirik ommaviy avf etiş voqeasi böladi. Agar barça holatlar maʼqullansa, mamlakat böylab ölimga hukm qilinganlar qariyb 30 foiz kamayadi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA