Jahon matbuoti Özbekiston haqida (+video)
Özbekiston Milliy axborot agentligining xorijiy hamkorlari Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik va madaniy aloqalarga oid yangiliklarni öz naşrlarida keng yoritmoqda.
“Times of Oman” gazetasi Prezident Şavkat Mirziyoyevning uşbu mamlakatga davlat taşrifi, Özbekiston va Ömon örtasidagi strategik şeriklikni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik kölamini kengaytiriş masalalarini yoritdi. “Anadolu” özaro tovar aylanmasi qiymatini 5 milliard dollarga yetkaziş yölidagi saʼy-harakat, Ozarbayjonning “Trend” axborot agentligi Özbekiston va Kanada örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar hamda qöşma loyihalar istiqboliga eʼtibor qaratgan.
Pokistonning “Dawn” naşri navbatdagi son uçun Özbekiston, Eron va Ömon taşqi işlar vazirlari uçraşuvi, transport-tranzit hamkorligi va xalqaro savdo yölaklarini rivojlantiriş mavzularini tanlagan. Şuningdek, “World News AM” axborot naşri madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi xalqaro tanlovlar ğoliblarini rağbatlantirişning yangi tartibiga oid şarh tayyorlagan.
“YouTube” sahifamizga marhamat!
Fardona Yaxşiboyeva,
Uluğbek Töxtayev (video),
ÖzA