Işlab çiqarişdan texnologik yetakçilik sari
Yaqinda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, mahalliy tadbirkorlar hamda xorijiy investorlar bilan ötkazgan uçraşuvi mamlakatimiz sanoatini rivojlantirişning yangi bosqiçiga yöl oçadigan muhim muloqot böldi. Unda iştirok etiş men uçun, işlab çiqariş korxonasi rahbari va Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşi deputati sifatida, alohida ahamiyat kasb etdi.
Sönggi yillarda Özbekiston elektrotexnika sanoati sezilarli taraqqiyot yölini bosib ötdi. Jumladan, işlab çiqariş hajmi 1,7 trillion sömdan 50 trillion sömga yetdi, eksport 14 barobar oşdi, 413 ta yangi işlab çiqariş quvvati işga tuşirildi. Bu körsatkiçlar zamirida yangi korxonalar, minglab iş örinlari, özlaştirilgan texnologiyalar va mutaxassislarimizning maşaqqatli mehnati mujassam.
Eʼtiborlisi, bugun sohaning oldiga faqat işlab çiqariş hajmini oşiriş emas, balki miqdoriy ösişdan sifat jihatidan yangi bosqiçga — texnologik taraqqiyot va innovatsion rivojlanişga ötiş vazifasi qöyilmoqda. Zero, zamonaviy raqobat şaroitida import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarişning özi yetarli emas. Öz texnologiyalarimizni yaratiş, muhandislik maktablarini rivojlantiriş, yuqori qöşilgan qiymatga ega raqobatbardoş mahsulotlar tayyorlaş va xalqaro bozorlarda munosib örin egallaş zarur.
Uçraşuvda ilgari surilgan taşabbuslar aynan şu maqsadlarga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.

Avvalo, Nurafşon şahrida “Kelajak texnologiyalari markazi”ni taşkil etiş taşabbusini alohida taʼkidlaş lozim. Bu Toşkent viloyatining sanoat va innovatsion salohiyatini oşirişda muhim örin tutadi. Markazda faoliyat yuritadigan korxonalarga IT-park şaroitiga öxşaş imtiyozlar beriş, butlovçi qismlar importini bojxona tölovlaridan ozod etiş, ilmiy işlanmalarni qöllab-quvvatlaş yuqori texnologiyali işlab çiqarişlarni rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Eng muhimi, markaz faqat zamonaviy mahsulotlar işlab çiqariladigan hudud bölib qolmasligi kerak. Unda yangi texnologiyalar va muhandislik yeçimlari yaratilişi, ilmiy tadqiqotlar işlab çiqariş bilan uyğunlaşişi, mahalliy korxonalar örtasida texnologik kooperatsiya yölga qöyilişi lozim. Elektronika va robototexnika kabi sohalarga alohida eʼtibor qaratilayotgani ham kelgusi taraqqiyot uçun muhim ahamiyatga ega.

Elektron ölçov vositalarini işlab çiqiş va tayyorlaş bilan bevosita şuğullanadigan mutaxassis sifatida muhandislik ğoyasidan tayyor mahsulotni seriyali işlab çiqarişgaça bölgan jarayon qançalik murakkab ekanini yaxşi bilaman. Buning uçun jiddiy investitsiyalar, zamonaviy sinov laboratoriyalari, malakali kadrlar va izçil davlat kömagi zarur.
Şu nuqtai nazardan, milliy asbobsozlik sanoatini rivojlantiriş nafaqat iqtisodiy ösiş, balki mamlakatimizning texnologik mustaqilligini mustahkamlaş yölidagi muhim qadamdir.
Yana bir muhim taşabbus “1 ming muhandis-konstruktor” dasturidir. Bu orqali mahalliy mutaxassislarni ilğor texnologiyalarga ega davlatlarga malaka oşiriş uçun yuboriş kelajakka yönaltirilgan muhim sarmoya hisoblanadi. Çunki zamonaviy sanoatni faqat xorijdan uskuna xarid qiliş orqali rivojlantirib bölmaydi. Buning uçun yangi mahsulot va texnologiyalarni mustaqil yaratişga qodir bölgan konstruktorlar, muhandislar, texnologlar va tadqiqotçilar avlodini şakllantiriş lozim. Bunday mutaxassislar esa milliy sanoatimizning intellektual tayançiga aylanadi.
Davlat xaridlarida mahsulotni faqat eng past narx böyiça baholaş amaliyotidan voz keçib, uning butun foydalaniş davridagi xarajatlarini ham hisobga olişga ötiş taklifi ham eʼtiborga molik. Bu ayniqsa, sifatli va texnologik jihatdan murakkab uskunalar işlab çiqaruvçi korxonalar uçun muhim. Zero, mahsulotning işonçliligi, aniqligi, energiya samaradorligi va xizmat qiliş muddati köp hollarda uning dastlabki xarid narxidan ham muhimroqdir.
Bunday yondaşuv bir tomondan davlat mablağlaridan samarali foydalanişga xizmat qilsa, ikkinçi tomondan, işlab çiqaruvçilarni mahsulot sifati va innovatsiyalarga köproq sarmoya kiritişga undaydi. Natijada bozorda soğlom raqobat muhiti şakllanib, mahalliy korxonalarning imkoniyatlari kengayadi. Belgilangan vazifalarning kölami ham nihoyatda keng. Kelgusi uç yilda umumiy qiymati 11,6 milliard dollar bölgan 164 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Ilgari surilgan taşabbuslarning hududimizda amaliy natija berişiga kömaklaşişni muhim vazifam deb bilaman. Bu avvalo, mahalliy korxonalarni rivojlantiriş, zamonaviy işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş, malakali va yuqori daromadli iş örinlarini yaratiş, yoşlarni muhandislik kasblariga keng jalb etiş bilan boğliq.
Bugungi maqsadimiz faqat zamonaviy elektrotexnika mahsulotlarini işlab çiqariş emas, balki ularni yaratiş uçun zarur texnologiya, bilim va muhandislik salohiyatini ham özimizda şakllantirişdan iborat bölişi kerak. Özbekiston jahon bozorida talab yuqori bölgan texnologik mahsulotlarni mustaqil işlab çiqara oladigan mamlakatga aylanişi lozim.
Vadim Li,
Xalq deputatlari
Toşkent viloyati Kengaşi deputati,
ÖzA