Diyora Keldiyorova va Davlat Bobonov Zagreb Gran-prisida iştirok etadi
Özbekiston dzyudo federatsiyasi ma’lumotiga köra, musobaqaga beş nafar sportçimiz jalb etilgan.
13–15-noyabr kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb şahrida dzyudo böyiça Gran-pri musobaqasi bölib ötadi.
70 mamlakatdan 500 nafardan ortiq sportçi qatnaşişi kutilayotgan xalqaro turnirda Özbekiston terma jamoasi ham öz vakillari bilan iştirok etadi.
Özbekiston dzyudo federatsiyasi ma’lumotiga köra, musobaqaga beş nafar sportçimiz jalb etilgan. Ular orasida Parij Olimpiadasi çempioni Diyora Keldiyorova hamda Olimpiya öyinlari sovrindori Davlat Bobonov ham bor.
Özbekiston terma jamoasi tarkibi:
Erkaklar:
66 kg — Azizbek Ortiqov
81 kg — Arslonbek Tojiyev
81 kg — Murodjon Yöldoşev
90 kg — Davlat Bobonov
Ayollar:
52 kg — Diyora Keldiyorova
Hamyurtlarimiz uç kun davom etadigan musobaqada öz vazn toifalarida sovrinli örinlar uçun bellaşadi.