Prezident olimpiadasi: Toşkent şahri umumjamoa hisobida ğolib böldi
Poytaxt sportçilari musobaqa davomida 33 ta oltin, 22 ta kumuş va 23 ta bronza — jami 78 ta medalga sazovor böldi.
Olimpiya va Paralimpiya sport turlari böyiça ötkazilgan Prezident olimpiadasida Toşkent şahri umumjamoa hisobida birinçi örinni qölga kiritdi.
Poytaxt sportçilari musobaqa davomida 33 ta oltin, 22 ta kumuş va 23 ta bronza — jami 78 ta medalga sazovor böldi.
Ikkinçi örinni Samarqand viloyati vakillari egalladi. Ular 25 ta oltin, 21 ta kumuş va 31 ta bronza medalni öz hisobiga yozdirib, jami 77 ta sovrinni qölga kiritdi.
Kuçli uçlikdan Xorazm viloyati ham joy oldi. Hudud sportçilari 24 ta oltin, 18 ta kumuş va 27 ta bronza — jami 69 ta medal jamğardi.
Şuningdek, Toşkent viloyati 20 ta oltin medal bilan törtinçi, Qaşqadaryo viloyati esa 18 ta oltin medal bilan beşinçi poğonani egalladi.
Mamlakatimizning barça 14 ta hududi vakillari qatnaşgan Prezident olimpiadasi yakunida umumjamoa hisobidagi ğolib va sovrindorlar aniqlandi.