Otabek Umarov Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi prezidentligiga nomzod etib körsatildi
Taşabbusga uning xalqaro sport sohasidagi tajribasi hamda Özbekiston va Osiyoda sportni rivojlantirişga qöşgan hissasi asos sifatida körsatildi.
Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida ötkazilgan Xalqaro kuraş assotsiatsiyasining (IKA) XXII kongressida taşkilot prezidentligiga Otabek Umarov nomzodi ilgari surildi.
Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari, Osiyo Olimpiya kengaşi vitse-prezidenti Otabek Umarovning nomzodi kongress delegatlari tomonidan bir ovozdan qöllab-quvvatlandi.
Taşabbusga uning xalqaro sport sohasidagi tajribasi hamda Özbekiston va Osiyoda sportni rivojlantirişga qöşgan hissasi asos sifatida körsatildi.
Qayd etilişiça, Xalqaro kuraş assotsiatsiyasining yangi prezidenti 2027-yilda bölib ötadigan navbatdagi kongressda saylanadi.
Anjumanda Özbekiston Sport vazirligi va Milliy olimpiya qömitasi vakillari ham qatnaşdi. Yiğiliş davomida taşkilotning 2025–2026-yillardagi faoliyati sarhisob qilinib, kuraş sportini xalqaro miqyosda rivojlantiriş masalalari muhokama etildi.
Şuningdek, Qozoğiston, Litva, Şri-Lanka, Iordaniya, Fransiya, Suriya, Şveytsariya, Armaniston, Italiya, Avstraliya, BAA va Bahrayn milliy federatsiyalari assotsiatsiya a’zoligiga qabul qilindi.
Kongressda xalqaro musobaqalarni taşkil etiş tartibi, hakamlik faoliyati va sportçilar reytingini takomillaştirişga doir takliflar ham körib çiqildi.