Sanam Nazarova qiliçbozlik böyiça Jahon kubogida bronza medalini qölga kiritdi
5–8-noyabr kunlari şpaga yönalişida taşkil etilgan musobaqada 23 mamlakatdan 121 nafar sportçi iştirok etdi.
Özbekistonlik qiliçboz Sanam Nazarova Bahraynning Manama şahrida ötkazilgan yoşlar örtasidagi Jahon kubogi bosqiçida bronza medalini qölga kiritdi.
5–8-noyabr kunlari şpaga yönalişida taşkil etilgan musobaqada 23 mamlakatdan 121 nafar sportçi iştirok etdi.
Hamyurtimiz sovrinli örinlar uçun keçgan bahslarda Xitoy, Gongkong va Misr vakillarini mağlub etib, yarim finalga yöl oldi.
Final yöllanmasi uçun keçgan bellaşuvda esa Nazarova Gongkongning yana bir vakiliga imkoniyatni boy berdi.
Şu tariqa, özbekistonlik sportçi Jahon kubogi bosqiçini uçinçi örinda yakunlab, bronza medaliga sazovor böldi.