Akbar Jörayevdan tarixiy natija: uçta oltin medal va ikkita jahon rekordi
Jörayev dast kötariş maşqida 198 kilogrammlik ştangani öziga böysundirib, avvalgi jahon rekordini yangilagan edi.
Özbekistonlik oğir atletikaçi Akbar Jörayev törtinçi bor jahon çempioni unvonini qölga kiritdi.
Xitoyning Ninbo şahrida ötkazilayotgan jahon çempionatida 110 kilogrammgaça vazn toifasida qatnaşgan hamyurtimiz uçta oltin medalga sazovor bölib, ikkita jahon rekordini yangiladi.
Jörayev dast kötariş maşqida 198 kilogrammlik ştangani öziga böysundirib, avvalgi jahon rekordini yangilagan edi.
Siltab kötarişda ham muvaffaqiyatli iştirok etgan sportçimiz 234 kilogramm natija bilan birinçi örinni egalladi.
Ikki kuraş yakunida jami 432 kilogramm qayd etgan Akbar Jörayev mutlaq jahon çempioniga aylandi. Uşbu natija ham yangi jahon rekordi sifatida qayd etildi.
Mazkur musobaqa Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya öyinlariga saralaş reytingi uçun ham muhim ahamiyatga ega. Jörayev qölga kiritgan natijalar va ikkita jahon rekordi evaziga qöşimça reyting oçkolariga ham ega bölmoqda.