Biznes yuritishdagi to‘siqlar kamaymoqda (+video)
Biznes yuritishda to‘siqlarga duch kelmayotgan tadbirkorlar ulushi 72 foizga yetib, 5 foiz bandga oshdi.
Eng yuqori ko‘rsatkich qurilish sohasida (78%) qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda xizmat ko‘rsatish sohasi (74%), sanoat (66%) va qishloq xo‘jaligi (63%) joylashdi.
Biznes yuritishdagi asosiy to‘siqlar orasida:
➖ soliqqa tortish bilan bog‘liq muammolar ulushi 23 foizga,
➖ bank tizimi bilan bog‘liq muammolar esa 15 foizga yetdi.
➖ Boshqa moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan tadbirkorlar ulushi 11 foizga oshdi.
➖ Talab yetarli emasligini qayd etgan respondentlar ulushi esa 4 foizga kamaydi.
M.Turdaliyeva,
I.Ismatov (O‘zA)