2026-yilning 8 oyida bank kartalari soni 9 mlntaga oshdi (+video)
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabr holatiga O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 77,3 mlntaga yetdi. Yil boshida bu ko‘rsatkich 68,3 mlnta edi – sakkiz oyda qariyb 9 mlntaga o‘sgan.
Shu davrda to‘lov infratuzilmasida ham o‘sish kuzatildi. To‘lov terminallari soni 430,8 mingtadan 456,4 mingtaga, bankomat va infokiosklar soni esa 40,1 mingtadan 43,7 mingtaga yetgan.
Yanvar–avgust oylarida to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 448,5 trln so‘mni tashkil qildi.
Muomaladagi bank kartalari bo‘yicha top-5 bank:
• Xalq banki – 12,2 mlnta;
• Uzum Bank – 7,4 mlnta;
• Agrobank – 6,8 mlnta;
• Ipoteka-bank – 5,7 mlnta;
• Hamkorbank – 5,4 mlnta.
Bankomat va infokiosklar bo‘yicha top-5 bank:
• Xalq banki – 3 136 ta;
• Agrobank – 1 823 ta;
• Kapitalbank – 1 669 ta;
• Infinbank – 1 436 ta;
• Ipak Yo‘li banki – 1 078 ta.
Yil boshidan bank kartalari soni eng ko‘p oshgan banklar:
• Uzum Bank – 2,3 mlnta;
• Anor Bank – 1,7 mlnta;
• Hamkorbank – 1,6 mlnta;
• Xalq banki – 1,4 mlnta;
• Aloqabank – 390 mingtaga yetgan.
M.Turdaliyeva, I.Ismatov. O‘zA