Lionel Messi: "Neymarning jahon chempionatiga borishini va nimalarga qodir ekanini ko‘rsatishini istardim"
Jahon chempionati doim eng yaxshi futbolchilarni ko‘rishni xohlaymiz. Neymar ham shular jumlasidan.
Argentina milliy terma jamoasi va "Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messi Neymarning jahon chempionatiga borishi kerakmi? degan savolga javob berdi.
"Mening fikrim xolis bo‘lmaydi va hech nimani o‘zgartirmaydi. Neymar mening qadrdon do‘stim. Albatta uning jahon chempionatiga borishini va qo‘lidan nimalar kelishini ko‘rsatishini istardim. U bilan ko‘plab narsalar sodir bo‘lishi mumkin. Jahon chempionati doim eng yaxshi futbolchilarni ko‘rishni xohlaymiz. Neymar ham shular jumlasidan. Umid qilamanki, u o‘sha yerda bo‘ladi, chunki u nafaqat Braziliya balki butun dunyo uchun ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs", - dedi amaldagi jahon chempioni.
Eslatib o‘tamiz, Neymar mart oyidagi FIFA kunlarida Braziliya terma jamoasiga chaqiruv olmagan edi.