Lionel Messi jahon chempionatining favoritlari kim ekanini aytdi
Har doim ham raqobatbardosh o‘yin ko‘rsata olmayotgan Portugaliya terma jamoasi ham turnir g‘olibligi uchun kurash taqdim qiladi deb o‘ylayman.
Argentina milliy terma jamoasi sardori Lionel Messi bo‘lajak jahon chempionatining favoritlari haqida gapirdi.
"Bizdan tashqari musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan jamoalar ko‘plab topiladi. Misol uchun, Fransiya yanada kuchaygan. Ularning tarkibida yuqorida darajadagi sifatli futbolchilar bor. Bundan tashqari, Ispaniya va Braziliyani ham unutmaslik kerak. Har doim ham raqobatbardosh o‘yin ko‘rsata olmayotgan Portugaliya terma jamoasi ham turnir g‘olibligi uchun kurash taqdim qiladi deb o‘ylayman", - dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining amaldagi g‘olibi aynan Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.