Neymar jahon chempionatiga boradi
Anchelotti terma jamoa yetakchisini jahon chempionatiga olib ketish bo‘yicha kutilmagan qarorni qabul qilgan.
Karlo Anchelotti Neymar borasida yakuniy qarorga keldi va u mundialga boradi.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni jahon chempionati uchun yakuniy ro‘yxatga kiritishini ma’lum qildi. "Santos"ning 34 yoshli forvardi ko‘plab mish-mishlarga qaramay, mundialga boradigan bo‘ldi. "The Touchline" nashri bergan xabarga ko‘ra, Anchelotti terma jamoa yetakchisini jahon chempionatiga olib ketish bo‘yicha kutilmagan qarorni qabul qilgan. "Pentakampeonlar" yakuniy qaydnomani 18-may kuni e’lon qiladi. Neymar 2023-yilning kuzidan beri terma jamoaga chaqirilmayotgan edi.
Braziliya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Gaiti, Marokash va Shotlandiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.