Krishtianu Ronaldu jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi
Ronaldu yetakchiligidagi portugallar, jahon chempionatida Kolumbiya, O‘zbekiston va Kongo DR terma jamoalar bilan bir guruhdan joy olgan.
Portugaliya terma jamoasi va "An-Nasr" klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu fevral oyida olgan jarohatidan tuzalib safga qaytdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionati doirasi "Al-Feyha"ga qarshi uchrashuvdagi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan. Ronaldu reabilitatsiya kursini o‘tash uchun Madridga yo‘l olgan va shaxsiy fizioterapevt bilan ishlagan. Jarohat sabab Krishtianu "An-Nasr"ning bir nechta uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi. Bundan tashqari, FIFA kunlarida Portugaliya terma jamoasiga yordam bera olmadi. Endilikda u klubiga mamlakat chempionligi uchun kurashishida va Portugaliya terma jamoasiga mundial g‘olibi bo‘lishi uchun yordam berishga 100 foiz tayyor. Ronaldu yetakchiligidagi portugallar, jahon chempionatida Kolumbiya, O‘zbekiston va Kongo DR terma jamoalar bilan bir guruhdan joy olgan.
Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 22ta uchrashuvda maydonga tushib, 21ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.