Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» mashg‘ulotlariga qaytdi
«Al-Nasr» 1-turda 15-avgust kuni «Al-Fath»ga qarshi maydonga tushadi.
Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/27-yilgi mavsum oldidan jamoa mashg‘ulotlariga qaytdi.
41 yoshli futbolchi 2026-yilgi jahon chempionati hamda undan keyingi to‘y munosabati bilan olgan ta’tilidan so‘ng jamoa ixtiyoriga qaytgan.
«Qaytdim», — deb yozdi Ronaldu X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida mashg‘ulotlardan suratlarni joylashtirib.
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi yangi mavsumi bugun 1-tur uchrashuvlari bilan boshlandi. Ulardan birida «Al-Ahli» safida «Krasnodar» tarbiyalanuvchisi Eduard Spertsyan debyut qildi. Yarim himoyachi gol urib, jamoasining «Al-Dir’iya» ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Ronaldu to‘p suradigan «Al-Nasr» esa 1-turda 15-avgust kuni «Al-Fatih»ga qarshi maydonga tushadi.