Krishtianu Ronaldu futbol agenti haqidagi serialda suratga tushadi
Qayd etilishicha, Ronaldu serialda rollardan birini ijro etish bilan birga, ijrochi prodyuser sifatida ham faoliyat yuritadi.
Portugaliya terma jamoasi va «Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kingsman filmlari rejissyori Metyu Von bilan britaniyalik futbol agenti haqidagi serial ustida ishlamoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, loyiha agent Darren Deyn g‘oyasi asosida yaratilmoqda. Serial suratga olish ishlari Londonda boshlangan.
Day 1s deb nomlangan loyiha futbol agenti Stenli Dalton haqidagi to‘qima voqealarni hikoya qiladi. Unda sobiq futbolchi Tyerri Anri hamda reper Deyv ham rol ijro etadi.
Nashr ushbu serialni Braziliyaning Globo telekanali suratga olgan The Playoffs serialiga qiyoslagan. Mazkur loyihada bosh rolni aktyor Kauan Reymond ijro etgan.
Qayd etilishicha, Krishtianu Ronaldu serialda rollardan birini ijro etish bilan birga, ijrochi prodyuser sifatida ham faoliyat yuritadi.
Day 1s Ronaldu va Metyu Von hamkorlikda tashkil etgan URMarv Studios studiyasining ilk loyihasi bo‘ladi. Ushbu studiya avvalroq Marv Films tarkibidagi yangi bo‘linma sifatida taqdim etilgan edi.
Metyu Vonning mashhur rejissyorlik ishlari qatoriga «Kartalar, pullar va ikki dudburon», «X-Odamlar: Birinchi sinf» hamda Kingsman filmlari kiradi.