Didye Desham mundiallar tarixida rekord o‘rnatdi
Desham boshqaruvida Fransiya terma jamoasi 2018-yilgi jahon chempionatida chempion bo‘lgan, 2022-yilgi mundialda esa finalgacha yetib borib, Argentina milliy terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan.
Didye Desham jahon chempionatlari pley-off bosqichida eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiyga aylandi.
Statistik portal Squawka ma’lumotiga ko‘ra, bu natija JCH–2026 1/8 finalida Fransiya milliy terma jamoasining Paragvay milliy terma jamoasi ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng qayd etildi.
Mazkur g‘alaba Desham uchun jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi 10-g‘alaba bo‘ldi. Shu tariqa, 57 yoshli mutaxassis mundiallar tarixida ushbu marraga yetgan ilk murabbiy sifatida rekord o‘rnatdi.
Eslatib o‘tamiz, Desham boshqaruvida Fransiya terma jamoasi 2018-yilgi jahon chempionatida chempion bo‘lgan, 2022-yilgi mundialda esa finalgacha yetib borib, Argentina milliy terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan.
Ma’lumot uchun, Fransiya milliy terma jamoasi JCH–2026 chorak finalida Marokash milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.