Mbappe mundiallar tarixida hech kim uddalay olmagan rekordni o‘rnatdi
Fransiya milliy terma jamoasi JCH–2026 chorak finalida Marokash milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Kilian Mbappe JCH–2026 1/8 finalida Paragvay milliy terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, jahon chempionatlari tarixidagi noyob rekord muallifiga aylandi.
ESPN ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe milliy jamoalar ishtirokidagi eng nufuzli turnirlarning pley-off bosqichlarida ketma-ket uchta mundialda kamida uchta gol urgan tarixdagi ilk futbolchi bo‘ldi.
Fransiyalik hujumchi 2018-yilgi Rossiya mundiali pley-offida uchta, 2022-yilgi Qatar mundialida beshta, JCH–2026ning joriy pley-off bosqichida esa ikki uchrashuvda uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fransiya milliy terma jamoasi JCH–2026 chorak finalida Marokash milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.