Didye Desham Fransiya terma jamoasini JCH–2026dan so‘ng tark etadi
Desham terma jamoadan ketish qarorini aslida 2025-yil boshidayoq e’lon qilgan edi.
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH–2026 uchinchi o‘rin uchun bahsdan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
57 yoshli mutaxassis uchun so‘nggi uchrashuv Argentina va Angliya o‘rtasidagi ikkinchi yarim final mag‘lubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchinchi o‘rin bahsi bo‘ladi. Mazkur uchrashuv 19-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Desham terma jamoadan ketish qarorini aslida 2025-yil boshidayoq e’lon qilgan edi.
Mutaxassis Fransiya terma jamoasini 2012-yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida fransuzlar:
JCH–2018 g‘olibi;
JCH–2022 finalchisi;
Yevro–2016 finalchisi;
UEFA Millatlar ligasi–2021 g‘olibiga aylandi.
Shuningdek, Desham futbol tarixida ham futbolchi, ham bosh murabbiy sifatida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan kam sonli insonlardan biri sanaladi.