«Barselona» Joau Kanselu transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Transfer summasi taxminan 10 million yevroni tashkil etadi. 32 yoshli futbolchi Kataloniya klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
«Barselona» «Al-Hilol» bilan portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluning to‘liq transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Goal xabar berdi.
Ispaniyalik transfer mutaxassisi Xuan Xesus ma’lumotiga ko‘ra, transfer summasi taxminan 10 million yevroni tashkil etadi. 32 yoshli futbolchi Kataloniya klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik Kanseluning transferini shaxsan qo‘llab-quvvatlagan. Nemis mutaxassisi himoyaning o‘ng qanotini hujumlarga faol qo‘shila oladigan tajribali futbolchi bilan kuchaytirishni istagan.
Kanselu avval ham 2023/24-yilgi mavsumda «Manchester Siti»dan ijara asosida «Barselona» safida to‘p surgan.
2024-yil yozida portugaliyalik himoyachi «Al-Hilol»ga o‘tgan, biroq Saudiya Arabistoni chempionatiga to‘liq moslasha olmagan va o‘tgan qishda yana Kataloniya klubiga ijara asosida qaytgan.
Endi Kanselu «Barselona»ga to‘liq transfer asosida qaytishga tayyor.