«Barselona» Lautaro Martinesni asosiy transfer maqsadiga aylantirdi
«Ko‘k-anorranglilar» argentinalik futbolchini transfer qilish bo‘yicha faol ish boshlagan.
«Barselona» «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesni yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsad sifatida ko‘rmoqda.
«Ko‘k-anorranglilar» argentinalik futbolchini transfer qilish bo‘yicha faol ish boshlagan. Dastlabki muzokaralar «Inter» bilan o‘tkazilgan, shuningdek, kataloniyaliklar futbolchining vakillari bilan ham bir necha bor uchrashgan.
Jurnalist Xose Alvaresning xabar berishicha, «Barselona» hujumchi uchun €100 mln.dan ortiq taklif qilmoqchi emas. Manbaga ko‘ra, tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga erishishi kutilmoqda.
Avvalroq La Liga grandi «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni ham tarkibiga qo‘shishga uringan edi. Biroq Madrid klubi muzokaralar olib borishdan bosh tortgan.