Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori aniqlandi
Venesuelalik siyosatchi Mariya Korina Machado tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Euronews” nashri.
Ma’lum qilinishicha, u Venesuela xalqi uchun “demokratik huquqlarni targ‘ib qilishdagi tinimsiz mehnati hamda diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch o‘tishga erishish yo‘lidagi kurashi” uchun taqdirlandi.

– Venesueladagi demokratiya harakati yetakchisi Mariya Korina Machado Lotin Amerikasida so‘nggi vaqtlardagi fuqarolik jasoratining eng g‘ayrioddiy namunalaridan biridir, -deyiladi Nobel qo‘mitasi bayonotida.
Mukofotni topshirish marosimi 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, tibbiyot, fizika, kimyo va adabiyot yo‘nalishlarida 2025 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari haqida ma’lumot bergan edik.
O‘.Alimov, O‘zA