Futbolchilarimiz Kanadaga qarshi oq libosda o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlikni Kanadaning Edmonton shahrida davom ettirmoqda.
Avval xabar qilinganidek, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro mundial oldidan ikki nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan.
Dastlab, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kanada termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bellashuv oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, o‘yinga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi hamda zarur tushuntirish va eslatmalar berildi.

Unda milliy terma jamoamiz futbolchilari uchrashuvda to‘liq oq libosda, darvozabon esa yashil libosda harakat qilishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va Kanada bahsi mamlakatimiz vaqti bilan Edmonton shahridagi “Commonwealth Stadium”da 2-iyun kuni soat 06:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, mazkur uchrashuvdan so‘ng milliy terma jamoamiz Nyu-York shahriga yo‘l oladi. Qisqa tiklanish jarayonidan keyin jamoa 8-iyun kuni Niderlandiya milliy terma jamoasiga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Bellashuv Nyu-York shahridagi “Icahn Stadium”da bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA