Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) axborot agentliklari ittifoqi UNA-OIC bosh direktori Muhammad bin Abd Rabbo Al-Yamiy Rossiyaning TASS axborot agentligi bosh direktori Andrey Kondrashov bilan uchrashdi.

Muloqot davomida tomonlar imzolagan memorandum doirasida TASS va Ittifoq o‘rtasidagi hamkorlik masalasi muhokama qilindi. Bu Ittifoqqa a’zo davlatlar axborot agentliklari va Rossiya ommaviy axborot vositalari o‘rtasida yangilik almashinuvini kuchaytirish, shuningdek turli o‘quv dasturlari tashkil etish imkonini beradi.

Ayni kunlarda UNA-OIC BRIKS guruhidagi mamlakatlar yetakchi media tashkilotlari rahbarlari, shuningdek tuzilma bilan sheriklikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirgan davlatlar OAV faol ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan “BRIKS Media sammiti”da qatnashyapti.

Ko‘p qutbli dunyo bo‘ylab barqarorlikni ta’minlashda BRIKS media hamjamiyatining roli, shuningdek a’zo mamlakatlar axborot hamkorligining texnologik jihatlari muhokamasiga bag‘ishlangan anjumanda janob Al-Yamiy ushbu sammit madaniy va OAVga daxldor plyuralizmni targ‘ib qilish uchun yuqori darajali maydon ekanini ta’kidladi. Ittifoq xalqaro hamkorlikni kengaytirishga intilishda sodiqligini ta’kidlab, “Sputnik” axborot agentligi va radiosi, “Russia Today” (RT) kabi yirik media institutlari bilan kelishuv imzoladi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axborot agentliklari hamkorligi muhokama qilindi