Anadolu: Putining “uchlik” taklifi
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qilishicha, Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Rossiya, AQSH va Xitoy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha yakuniy kelishuvga hali erishilmagan bo‘lsa-da, har uch davlat tomonidan ushbu masalaga qiziqish bor.
Diplomat ta’kidlashicha, amaliy jihatdan mavzu hozircha muhokama qilinayotgani yo‘q. Avvalroq “The Wall Street Journal” RF Prezidenti Vladimir Putin 9-oktabr kuni AQSH yetakchisi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot chog‘ida Ukraina mojarosini muhokama qilish uchun uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.
Kreml vakili Dmitriy Peskov ham shunday muloqot o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani, hali aniq kelishuv yo‘qligini tasdiqlagan. Rossiya tomoni tadbirni 18-19-noyabr kunlari Xitoyda o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida tashkil etish taklifini ilgari surgan.
Rudenko Janubiy Koreya hukumatining Rossiya bilan munosabatni me’yoriga keltirish istagi xususidagi bayonotiga ham to‘xtaldi. Ya’ni, Seul bu masala faqat geosiyosiy vaziyat o‘zgarib, Ukraina bilan mojaro yakunlangandan keyingina ko‘tarilishi mumkinligini aytgan.
RF TIV rahbari o‘rinbosari Janubiy Koreya bilan munosabat uzilishiga Moskva sababchi emasligi, balki Seul Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyani ma’qullaganiga urg‘u bergan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA